Samarqandda kotlovan qazilayotgan vaqtda qoʻshni uy qulab tushdi
Samarqand viloyati Pastdargʻom tumanida kotlovan (xandaq) qazilayotgan paytda qoʻshni uy qulab tushdi. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinishicha, mazkur obyekt viloyatning Juma shahridagi Samarqand MFY Samarqand koʻchasida joylashgan noturar joy boʻlib, haqiqatan ham xandaq qazish jarayonida notoʻgʻri yoʻl tutilgani bois qoʻshni uyga zarar yetgan.
“Mazkur holatga doir qoʻshimcha maʼlumotlarni oʻrganishlardan soʻng maʼlum qilamiz”, deyiladi vazirlik munosabatida.
Mazkur holat tuman Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimi tomonidan ham oʻrganilgan. Aniqlanishicha, fuqaro B.I. tomonidan savdo majmuasi sifatida foydalanish uchun Samarqand mahallasida barpo etilayotgan majmuada qurilish qoidalariga rioya qilinmagan. Uy qulashi oqibatida jarohat olganlar yoʻq, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Rossiya Osiyo grandni magʻlub etdi
- Saida Mirziyoyeva Bryusselda Yevropa Ittifoqi komissari bilan uchrashdi
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring