Qozogʻiston va Oʻzbekiston poytaxtlari oʻrtasida avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 martdagi 3584-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga transportda chiqish vaqtida xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan milliy tashuvchi “Uzautotrans Service“ MCHJ va Qozogʻistoning “KazAvtoTrans“ korxonasi “Toshkent- Ostona- Toshkent” yoʻnalishida muntazam xalqaro avtobus qatnovini yoʻlga qoʻydi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati “Xalq soʻzi“ga maʼlum qildi.
Mazkur yoʻnalish masofasi 1646 km boʻlib, yoʻlovchilar 27 soat 30 daqiqqada manziliga yetkaziladi. Yoʻl haqi 312 000 soʻm etib belgilangan. Mazkur yoʻnalishda Qozogʻiston tomonidan VANHOOL Oʻzbekiston tomonidan esa zamonaviy YUTONG avtobuslari xizmat koʻrsatadi.
Ostonadan avtobuslar Qozogʻiston vaqti bilan 15:00, 16:00, 17:00, 18:00da yoʻlga chiqadi. Poytaxtimiz toshkentdan esa 12:00, 14:00, 16:00, 18:00 da joʻnab ketadi. 10 mart kunidan eʼtiboran mazkur yoʻnalishda har kuni 1 tadan reysni amalga oshirish rejalashtirilgan. Kelgusida esa qatnovlarni kuniga 4 marotabaga yetkazish koʻzda tutilgan. Mazkur yoʻnalish bevosita Qozogʻistoning Qaragʻanda shahri orqali oʻtadi. Aynan bu yerda ham yoʻlovchilarni tushirish va olish nazarda tutilgan. Qaragʻanda shahrigacha yoʻlkira narxi 260 000 soʻmni tashkil etadi.
Shu kunga qadar Qozogʻiston Respublikasiga “Toshkent-Chimkent“, “Toshkent- Olmaota, “Toshkent- Qizil Oʻrda“, “Toshkent-Turkiston“, “Nukus- Ushkunur“, “Chirchiq-Ushkunur“ yoʻnalishlarida qatnovlar amalga oshirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan uchrashuvda nutq so‘zladi.
- “Jasorat maktablari”ga oʻquvchilarni qabul qilish tartibi belgilandi
- Nodavlat oliy taʼlim muassasalari ustav fondini kamida 2 million AQSH dollari ekvivalentida shakllantirilishi shart – Vazirlar Mahkamasi qarori
- Yetakchilar “Imorat” tarixiy-meʼmoriy majmuasiga bordi
- “Xalq soʻzi” bo'lim muharriri “Oltin qalam” mukofoti sohibi boʻldi
- Xiva shahrida Birinchi Oʻzbekiston-Ozarbayjon parlamentlararo forumi muvaffaqiyatli yakunlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring