Qozogʻiston Oʻzbekistondan anor mevasini olib kirishni taqiqladi

Kechadan boshlab Qozogʻiston oʻz hududiga Oʻzbekistondan anor mevasini olish kelishni vaqtinchalik taqiqladi. Bu haqda Qozogʻiston qishloq xoʻjaligi vazirligi matbuot xizmati maʼlum qildi.
Sababi soʻnggi paytlarda inspektorlar bunday mevalarda zararkunandalar, jumladan, Komstok qurti borligini aniqlashgan.
Jumladan, shu yilning soʻnggi oyida Oʻzbekiston hududidan karantin obyekti komstok qurti bilan zararlangan anor olib kelish bilan bogʻliq ikkita holat aniqlangan.
Maʼlumot uchun, Komstok qurti (Psiudococcus comstocki Huw.) koksidiyalar kenja turkumiga kiradigan hasharot boʻlib, ichki va tashqi karantin obyekti hisoblanadi. Sababi tanasi oq mumsimon parda bilan qoplangan ushbu qurt oʻsimliklarning tanasi, poyalari, shoxlari, barglari, kurtaklari, shona, gʻuncha, gullari, mevalariga zarar yetkazadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring