Qaynsingil yangasini pichoqlab oʻldirdi. Toʻqqiz oylik jiyaniga ham pichoq urdi

17:09 28 Aprel 2020 Jamiyat
10479 0

Qashqadaryoda janjal qotillik bilan tugadi. Bu haqda “Postda” xabar bermoqda.

Maʼlum qilinishicha, Chiroqchi tumanidagi “Toshli” mahalla fuqarolar yigʻini Qorakamar qishlogʻida M. va Sh.ning baxti ochilmadi. Ular uyda oʻtirib qolishdi. Sh. hamda qoʻshni uyda yashovchi akasining xotini M.Q. oʻrtasida kelishmovchilik kelib chiqdi.

Kelin va qaynsingil oʻrtasidagi uzoq yillik nizo joriy yilning 20-aprel kuni yana qoʻzgʻaldi. Shu kuni taxminan soat 09:00larda ular janjallashib qolishgan.

Oqibatda jahlini jilovlay olmagan Sh. oʻzi bilan olib borgan oshxona pichogʻini yangasining qorin va koʻkragiga bir necha marotaba sanchib, uni qasddan oʻldiradi.

Bu ham kamlik qilganidek, Sh. hali M.Q.ning 9 oylik goʻdagining qorniga ikki marta pichoq sanchadi. Yaxshiyamki, bolaning egnidagi kiyimlari qalinlik qilib, chaqaloqqa ziyon yetmaydi.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?