Oʻzbekistonda yoshlar biznes akseleratori faoliyati tashkil etilmoqda. U qanday vazifalarni bajaradi?

14:26 12 Iyun 2020 Jamiyat
1521 0

“Yoshlar-kelajagimiz” jamgʻarmasi KIUF Oʻzbekiston - Koreya xalqaro Universiteti va Oʻzbekiston yoshlar tadbirkorligni qoʻllab-quvvatlash markazi bilan hamkorlikda universitet bazasida birinchi yoshlar biznes akselerator faoliyatini tashkil etishmoqda.

“Oliy taʼlim muassasalarida Biznes akseleratorlar tashkil etish gʻoyasi Prezidentimizning joriy yilning iyun oyidagi Fargʻona viloyatiga tashrifi davomida ilgari surilgan edi. Mana bugun “Yoshlar-kelajagimiz” jamgʻarmasi, Oʻzbekiston yoshlar tadbirkorligni qoʻllab-quvvatlash markazi, Fargʻona shaxridagi Oʻzbekiston - Koreya xalqaro Universiteti bazasida hamkorlikda birinchi yoshlar biznes akseleratorini ishga tushirishga kelishib olindi.
Biznes askelerator taʼlim muassasasidagi talaba yoshlariga gipotezani testdan oʻtkazish, maqsadli auditoriyani oʻrganish, minimal ish modellarini yaratish, birinchi sotishni amalga oshirish, biznes modelni yaratish va mavjud biznesni rivojlantirishga oʻz koʻmagini beradi. Mutaxassislar va muvaffaqiyatli tadbirkorlar bilan seminarlar, mavzuli master-klasslar va uchrashuvlarni muntazam tashkil etib boradi.
Fargʻonada, Oʻzbekiston - Koreya xalqaro Universitetida tashkil etilayotgan ushbu birinchi yoshlar biznes akseleratorqolgan hududlarda ochilishi rejalashtirilgan akseleratorga namuna boʻladi. Barcha talaba yoshlarni faol boʻlishga chaqirib qolamiz. Imkoniyatlardan unumli foydalaning”, deydi “Yoshlar-kelajagimiz” jamgʻarmasi ijro etuvchi direktori Xayrulla Sattarov. 

Biznes akselerator uch bosqichda amalga oshiriladi.

Birinchi bosqichda – respublika biznes trenerlar maktabini shakllantirish, startap loyihalarni saralash, inkubator va akselerator dasturlariga qabul qilish;

ikkinchi bosqichda – yosh startapchilarga mentorlar biriktiriladi, muvaffaqiyatli tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etiladi, mahalliy va xorijiy korxonalarda amaliyot dasturlariga jalb etiladi, yoshlarda bozorni oʻrganish, biznes reja tuzish, jamoa bilan ishlash va taqdimot qilish koʻnikmalari rivojlantiriladi;

uchinchi bosqichda – investorlar uchun startap loyihalar taqdimot kunini oʻtkazish, moliyalashtirish va yosh startapchilarni tadbirkor sifatida davlat roʻyhatidan oʻtish ishlari tashkillashtiriladi;

toʻrtinchi bosqichda – Har yili oʻtkazilib kelinadigan (y-combinator, seedstars, tech-stars, skolkova) kabi xalqaro biznes akselerator dasturlarida, startaplar taqdimotlarida ishtirok etishga koʻmaklashiladi.

Biznes akselerator KIUF Oʻzbekiston - Koreya xalqaro Universitetining asosiy yoʻnalishidan biri boʻlgan texnik muhandislik sohasiga alohida urgʻu beradi. Ushbu sohadagi kuchli startap loyihlarni tayyorlashda xizmat qiladi. Koreya davlatining startap ekosistemasini yaratishdagi tajribasi oʻrganilib, amaliyotda joriy etiladi.

Bugungi tashkil etilgan uchrashuvda tomonlar “Yoshlar-kelajagimiz” jamgʻarmasi va Oʻzbekiston - Koreya xalqaro Universiteti vakillari yoshlar biznes akselerator faoliyatini yoʻlga qoʻyishdagi muhim vazifalarni, kelgusida amalga oshiriladigan hamkorlikdagi loyihalarni oʻzaro kelishib olindi va akselerator faoliyatiga start berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?