Oʻzbekistonda gender tenglikni taʼminlash strategiyasi qabul qilinadi
Mamlakatimizda soʻnggi ikki yilda gender tenglikni taʼminlash borasida muhim qadam tashlanib, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi, “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunlari qabul qilindi.
Gender tenglikni taʼminlash strategiyasining ishlab chiqilishi va qabul qilinishi esa mamlakatda inson huquqlariga nisbatan hurmat bilan qarashni shakllantirish, Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini yana-da yuksaltirish imkonini beradi.
Oʻzbekiston Respublikasining 2020-2030-yillarda gender tenglikni taʼminlash Strategiyasi loyihasi ushbu yoʻnalish boʻyicha davlat boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, xalqaro ekspertlar vakillaridan iborat Ishchi guruh tomonidan ishlab chiqildi.
Mazkur loyihada ijtimoiy-siyosiy soha, bandlik va mehnat migratsiyasida gender tenglikni taʼminlash, zoʻravonlikning oldini olish hamda odam savdosi, gender rejalashtirish va byudjetlashtirish masalalaridan iborat 9 ta yunalish belgilangan.
Shuningdek, Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan isloxotlarning iqtisodiy oʻsishini jadallashtirish va mehnat bozoriga kirib kelayotgan xotin-qizlarni iqtisodiy faollik bilan qamrab olish uchun ishbilarmonlik, investitsion muhitni yaxshilashga alohida eʼtibor qaratilgan. Asosan, xotin-qizlarning iqtisodiy resurslardan, shu jumladan, koʻchmas mulk, yer, moliyaviy kreditlar, jamoatchilik jamgʻarmalari, shuningdek, erkin tanlangan tadbirkorlik faoliyati turlaridan teng foydalanish huquqi qoʻllab-quvvatlanadi.
Ayniqsa, chekka hududlardagi xotin-qizlarni munosib ish bilan taʼminlash boʻyicha dasturlar yana-da takomillashtiriladi. Ayollarning bandlik va mehnat bozoridan foydalanish huquqini kengaytirish uchun maktabgacha va boshlangʻich maktab taʼlimining hammabopligini oshirishga eʼtibor qaratiladi.
Feruza ESHMATOVA,
Oliy Majlis Senati
Xotin-qizlar va gender
tenglik masalalari qoʻmitasi raisi.
Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining
Axborot xizmati
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring