Oʻzbekistonda “CHЕTRA” brendi ostida traktorlar ishlab chiqariladi

12:40 18 Oktyabr 2018 Jamiyat
2713 0

Said RAHMONOV / “Xalq soʻzi“, Toshkent. Oʻzbekistonda “CHЕTRA“ brendi ostida traktorlar ishlab chiqariladi. Bu haqda ayni paytda Toshkent shahrida boʻlib oʻtayotgan Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi hududlararo hamkorlik I Forumining shoʻba majlisida maʼlum qilindi.

- Oʻzbekiston — iqtisodiyoti tez rivojlanayotgan davlat, - dedi Rossiyaning “Promtraktor” MCHJ bosh direktori Vladimir Antonov. - Biz hamkorlikda yurtingizda traktorlar, shuningdek, zanjirli ekskavatorlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyamiz. Bizning kompaniyamiz 1975 yilda tashkil etilgan boʻlib, u yiliga 27,5 mingta texnika, jumladan, yetti modeldagi buldozerlar ishlab chiqarish quvvatiga ega.

“Oʻzbekiston - Rossiya hududlararo hamkorlikning yangi bosqichi: loyihalar va klasterlar“ mavzusidagi mazkur shoʻba majlisida Oʻzbekiston hududlarining sanoat salohiyati, erkin iqtisodiy zonalarda chet ellik investorlarga taqdim etiladigan imtiyozlar, klaster usulida tashkil etilgan zamonaviy ishlab chiqarish majmualari haqida maʼlumotlar berildi. Oʻz navbatida, Rossiyada xuddi shu yoʻnalishdagi islohotlar bilan tanishildi.

Yakunda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda Rossiya klasterlar va texnoparklar assotsiatsiyasi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik boʻyicha kelishuv imzolandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер