O‘zbekistonda avtomobillar ishlab chiqarish hajmi oshdi, avtobus va yuk mashinalari pasaydi

2018 yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistonda 64193 dona yengil avtomobil ishlab chiqari. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.
Qayd qilinishicha, 2017 yilning shu davrida 52 mingdan ziyod avtomobillar ishlab chiqarilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich, 2018 yilga kelib 64 193tani tashkil qilgan. Bu 22,4 foizga ko‘proq degani.
2018 yilning shu davriga qadar 1079 dona yuk avtomobillari ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘tgan yili bu ko‘rsatkich 1584tani (- 31,9 foiz) tashkil qilgandi. Ishlab chiqarilgan avtobuslari soni esa 219tani tashkil qilgan. O‘tgan ularning soni 372 donani (- 41,1 foiz) tashkil qilgandi.
O‘z navbatida, ishlab chiqaradigan sanoatda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan traktor ishlab chiqarish 5,3 martaga, akril va vinil polimerlari asosidagi bo‘yoqlar va laklar – 41,9%ga, avtomobil dvigatellari 33,0%ga, dizel yoqilg‘isi – 24,8%ga, o‘simlik yog‘i (tozalangan) – 9,6%ga, avtomobil benzini – 0,6%ga va paxta tolasi – 1,9%ga oshgan.
Shu bilan birga, portlandsement ( - 7,2 foiz) va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish (- 1,2) hajmining o‘tgan yilning mos davriga nisbatan pasaygan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring