O‘zbekiston Qurolli kuchlari dunyoning eng kuchli armiyalari ro‘yxatiga kiritildi

O‘zbekiston dunyodagi eng kuchli qurolli kuchlar reytingida 39-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Mazkur ro‘yxat "globalfirepower.com” saytida e’lon qilindi.
O‘tgan yili mamlakatimiz armiyasi unda 48-o‘rinda edi.
Yangi ro‘yxatga jahondagi 136 davlat kiritildi. O‘zbekiston MDH davlatlarida Rossiya(2-o‘rin) va Ukraina(29-o‘rin)dan keyin uchinchi pog‘onani egalladi.
Markaziy Osiyo mamlakatlari ichida esa birinchi o‘rindan joy oldi. Reytingda Qozog‘iston 50, Turkmaniston 80, Qirg‘iziston 91 va Tojikiston 96-bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu ro‘yxatni tuzishda quruqlikda, havoda va dengizda harbiy harakatlarni olib borish uchun qo‘shinlar, harbiy texnikalar soni kabi ellikka yaqin omil, shuningdek, mamlakatning o‘z qurolli kuchlariga sarflay oladigan iqtisodiy resurslari va geografik joylashuvi inobatga olingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring