Oʻzbekiston baxtli mamlakatlar reytingidagi oʻrnini yaxshiladi
Foto: Hasan Paydoyev, "Xalq so'zi"
BMTning barqaror rivojlanish yechimlari boʻyicha boʻlimi 2019 yilgi World Happiness Report yillik hisobotini eʼlon qildi. Unda Oʻzbekiston bir yil oldingi mavqeini yaxshiladi.
156 mamlakat joy olgan yangilangan reytingda Oʻzbekiston 44-oʻrindan 41-oʻringa koʻtarilgan. Oʻzbekiston reytingda 6,174 ballga ega boʻlgan.
Reytingni tuzishda mutaxassislar aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan yalpi ichki mahsulot darajasini, davlat tomonidan fuqarolarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash darajasini, sogʻlom turmushning davomiyligini, hayotiy muhim qarorlar qabul qilish erkinligini, saxovat va korrupsiyaga munosabat darajasini koʻrib chiqdi
Joriy yilgi reytingda Oʻzbekiston MDH davlatlari orasida yetakchi oʻrinni egallab turibdi. Qozogʻiston reytingida 60, Tojikiston 74, Belarus 81, Qirgʻiziston 86, Turkmaniston 87, Ozarbayjon 90-oʻrinni egallagan.
Reytingda Finlyandiya 7,769 ball bilan yetakchilik qilmoqda. Keyingi oʻrinlarda Daniya, Norvegiya va Islandiya mamlakatlari joy olgan. Top-10 ta “baxtli” mamlakatlar roʻyxatidan Niderlandiya, Shveysariya, Shvetsiya, Yangi Zelandiya, Kanada va Avstraliya mamlakatlari joy olgan.
Reytingning eng soʻnggi oʻrinlarini Ruanda, Tanzaniya, Afgʻoniston, Markaziy Afrika Respublikasi va Janubiy Sudan mamlakatlari band etgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring