“Onaizor” — yuksak tuygʻular aks etgan toʻplam
Insonning insonga boʻlgan munosabati, muhabbatning, mehr-shafqatning shakllanishi onadan boshlanadi. Ijodkor ham ilk ilhomni onadan oladi, desak yanglishmaymiz. Markaziy koʻrgazmalar zalida ochilgan “Onaizor” koʻrgazmasida ham tomoshabinlar suratlarda oʻz onasining obrazini koʻrishi mumkin.

Ushbu koʻrgazma Oʻzbekiston xalq rassomi, akademik Akmal Nurning 60 yillik yubileyiga bagʻishlangan shaxsiy koʻrgazma boʻlib, tadbir mobaynida soʻnggi yillardagi ijodiy ishlari jamlangan shu nomli albom-katalog taqdimoti ham oʻtkazildi.
Albomda 200 ga yaqin yangi suratlar yigʻilgan boʻlib, Ozarbayjon Milliy Fanlar Akademiyasi muxbir-aʼzosi, sanʼatshunoslik doktori, professor Ertegin Salamzade soʻzboshi yozgan. Xususan, “Akmal Nur rangtasvirini abadiy qadriyatlar: Muhabbat, Oila, Haqiqat, Anglash, Uygʻunlik yoritadi” deya eʼtirof etadi E.Salamzade.

— Rassomning har bir koʻrgazmasi yurtimizda madaniy hayotimizda katta bir yangilikdek qabul qilinishi sir emas, — deydi — Boisi Akmal Nur chizgan suratlarda sheʼr bor, musiqa bor, falsafa bor. Buni tomoshabinlar tafakkur darajasidan kelib chiqqan holda his qiladi.
Yulduz OʻRMONOVA,
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring