Olimlarimiz tomonidan oʻsimliklar hosildorligini oshiruvchi biofaol suspenziya yaratildi
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genetika va oʻsimliklar eksperimental biologiyasi institutining mikroorganizmlar biotexnologiyasi laboratoriyasi mutaxassislari tomonidan qishloq xoʻjaligi va issiqxona ekinlarini kasallantiradigan fitopatogen zamburugʻlarga qarshi yuqori samarali “Biofungitsid” suspenziyasi yaratildi. Bu haqda OʻzFA matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, preparat tarkibi oʻsimliklarning oʻsishi, rivojlanishi va hosildorligini oshiruvchi foydali bakteriyalar toʻplami hamda ularning moddalaridan tashkil topgan. Undan foydalanish orqali tuproqlarda saqlanuvchi va oʻsimliklarni zararlovchi zamburugʻlar koʻpayishining oldi olishga, oʻsimliklarning zararlanishini keskin kamaytirishga erishish mumkin.
“Biofungitsid” suspenziyasi tarkibidagi bakteriya shtammlari gʻoʻzada fuzarioz vilt chaqiruvchi qator patogen zamburugʻlarning tabiiy kushandasi hisoblanadi. Shuningdek, issiqxona sharoitlarida keng tarqalgan va turli-tuman agroximikatlarga chidamli, pomidor, bodring kabi ekinlarda fuzarioz, ildiz chirish, mevalarning chirishi hamda fitoftoroz kabi kasalliklarni chaqiruvchi zamburugʻlarning rivojlanishiga yoʻl qoʻymaydi.
Mazkur vosita qoʻllanilishida tuproq tarkibidagi zamburugʻ sporalari rivojlanmaydi yoki keskin kamayadi, oʻsimliklarning rivojlanishi keskin kuchayadi. Mazkur preparat ekologik tozaligi va arzonligi bilan xorijda ishlab chiqarilgan muqobil preparatlardan ustun hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring