Oliy o‘quv yurtlarida yangi o‘quv yilidan to‘lov kontrakt miqdori oshadi

11:44 10 Iyul 2018 Jamiyat
3532 2
Illyustrativ foto

Joriy yilning 1 sentyabridan to‘lov-kontraktning yangi narxlari belgilandi. Bu haqda Xushnudbek.uz telegram kanalida xabar berilgan.

Unga ko‘ra, yangi o‘quv yilidan

Bakalavrda:

eng arzon kontrakt - 45 baravar, ya’ni 8 mln. 293 ming 500 so‘m (ilgari 6 mln 650 ming so‘m edi);
eng qimmat kontrakt - 60 baravar, ya’ni 11 mln 58 ming so‘m (ilgari 9 mln 850 ming).

Magistraturada:

eng arzon kontrakt - 49 baravar, ya’ni 9 mln 30 ming 700 so‘m (ilgari 7 mln 210 ming);
eng qimmat kontrakt - 66 baravar, ya’ni 12 mln 163 ming 800 so‘m (ilgari 10 mln 830 ming).

Maxsus sirtqida:

eng arzon kontrakt - 15 baravar, ya’ni 2 mln 764 ming 500 so‘m (ilgari 2 mln 220 ming);
eng qimmat kontrakt - 27 baravar, ya’ni 4 mln 976 ming 100 so‘m (ilgari 3 mln 110 ming).

Kunduzgi sirtqida:

eng arzon kontrakt - 49 baravar, ya’ni 9 mln 30 ming 700 so‘m;
eng qimmat kontrakt - 66 baravar, ya’ni 12 mln 163 ming 800 so‘m.

Ikkinchi mutaxassislikda (17/18 o‘quv yilida kirganlar uchun):

eng arzon kontrakt - 25 baravar, ya’ni 4 mln. 607 ming 500 so‘m;
eng qimmat kontrakt - 33 baravar, ya’ni 6 mln 81 ming 900 so‘mni tashkil qiladi.

Shuningdek, endilikda Oliy ta’lim muassasalaridagi to‘lov-kontrakt narxlari eng kam oylik ish haqiga bog‘langan bo‘ladi. Bu degani endi har safar ish haqlari ko‘tarilsa, kontrakt narxi ham keyingi semestrdan oshib boradi, deganidir.


Izohlar


Nodir Temirov

Sirtqi va kechki ta'lim yunalishlarini to'lov kontrakt miqdori juda yuqori deb hisoblayman. Barchamiz oliy ma'lumot egasi bo'lishni xohlaymiz. Ammo eng kam ish haqining 49 barobari-axir buni hammaning chuntagi ko'tara olmaydiku. Yana kimning puli bo'lsa o'qiydi qolganlar esa yana hech qanday natijaga erishmaydi.

11:2411.07.2018

Nodir Temirov

Nurbek Samanov:

Aholini o'rtacha daromadidan hisoblab belgilashsa maqsadga muvofiq bular edi.

16:0113.07.2018