Oilaviy zoʻravonlikdan jabr koʻrgan 14 nafar ayol Reabilitatsiya va moslashtirish markazlariga joylashtirildi
Joriy yil 20-aprel holatiga koʻra oilaviy zoʻravonlikdan jabr koʻrgan 14 nafar ayol farzandlari bilan Andijon, Buxoro, Jizzax, Samarqand, Surxondaryo viloyatlaridagi Reabilitatsiya va moslashtirish markazlariga joylashtirildi. Ularga kerakli huquqiy, psixologik, tibbiy yordam koʻrsatib kelinmoqda.
Oilaviy zoʻravonlikdan jabr koʻrgan ayollarning muammolarini hal qilish boʻyicha hududlardagi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmalari va boʻlimlari, sogʻliqni saqlash, ichki ishlar, prokuratura organlari va boshqa hamkor tashkilotlar bilan izchil hamkorlikda ish olib borilmoqda. Muammolarning hal qilinishi borasida olib boriladigan ishlar esa Oʻzbekiston Respublikasi Gender tenglikni taʼminlash masalalari boʻyicha komissiyasining doimiy nazoratida boʻladi.
Shuni alohida taʼkidlash lozimki, respublikamizdagi barcha markazlar bugungi koronavirus pandemiyasi sharoitida karantin talablaridan kelib chiqqan holda “oʻzini oʻzi yakkalash” tartib-qoidalariga amal qilgan holda faoliyat olib bormoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining
Axborot xizmati
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring