Nazarboyev Qasim-Jomart Toqayevni prezidentlikka nomzod sifatida taklif qildi
“Nur Otan” partiyasi raisi Nursulton Nazarboyev Qasim-Jomart Toqayevni Qozogʻiston prezidentligiga nomzod sifatida ilgari surishni taklif qildi. Bu haqda Tengrinews internet-nashri xabar tarqatdi.
“Partiya raisi sifatida Qozogʻiston Respublikasi Prezidentligi uchun Qasim-Jomart Toqayevni nomzodini koʻrib chiqish uchun taklif etaman. Uzoq yillar davomida birga ishlaganim uchun uni yaxshi bilaman, uni mazkur lavozimga mamlakatdagi eng munosib nomzod deb hisoblayman. Toqayev mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq turli joylarda mening yonimda boʻldi. U men bilan birgalikda tashqi siyosatimizni barpo etishda ishtirok etganlardan biri boʻldi, uzoq yillar Qozogʻiston Tashqi ishlar vaziri sifatida ishladi.
Uning diplomatik mavqei xorijda yuqori baholanadi. Bilasiz, u BMT bosh kotibi oʻrinbosari sifatida ishlagan va juda tajribali siyosatchi sanaladi”, - dedi Nursulton Nazarboyev “Nur Otan” partiyasining navbatdan tashqari XIX qurultoyida.
Maʼlumot uchun, Qasim-Jomart Toqayev Qozogʻistonning amaldagi prezidenti sanaladi. Aprel oyi boshlarida davlat rahbari 9 iyun kuni mamlakatda navbatdan tashqari prezidentlik saylovlari boʻlib oʻtishi haqida eʼlon qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring