Navoiyda Artel konditsioneri yaroqsiz chiqqani uchun isteʼmolchiga puli undirib berildi

Illyustrativ foto
Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi Navoiy viloyat hududiy birlashmasi Navoiy shahar jamiyatiga “Sputnik” qoʻrgʻoni Pushkin koʻchasi 4-51 xonadonda istiqomat qiluvchi fuqaro Dilrabo Poʻlatova yozma murojaat qilgan.
Fuqaro arizasida 2019-yil 25-iyun kuni yozning jazirama issiq kunlarida malham boʻladi deb yaxshi niyatda 2 650 000 soʻmga sotib olgan “ARTEL” konditsioneri usta tomonidan oʻrnatilayotgan vaqtda shikastlanib yaroqsiz holga kelib qolganidan noroziligini bildirgan.
Ushbu murojaat Federatsiyaning Navoiy shahar mutaxassislari tomonidan oʻrganib chiqildi. Natijada, isteʼmolchi haqiqatdan ham haq ekanligi, konditsioner oʻrnatilish jarayonida shikastlangani va yaroqsiz holda ekanligi kuzatildi. Shundan soʻng isteʼmolchiga yetkazilgan zarar usta tomonidan qoplanishiga va isteʼmolchining istagiga koʻra, yangisiga almashtirib berilishiga erishildi.
Shu yilning 26-iyun sanasida Federatsiyaning Navoiy viloyat hududiy birlashmasiga yana bir murojaat kelib tushdi. Karmana tumani “Bogʻi shamol” MFY da yashovchi fuqaro Umida Qudratova Navoiy shahrida joylashgan savdo doʻkonidan 2 700 000 soʻmga sotib olgan gaz plitasi nosoz chiqqanidan noroziligini bildirgan.
Federatsiyaning Navoiy shahar mutaxassislari vaziyatni zudlik bilan oʻrganib chiqdi va isteʼmolchi haq ekanligi oʻz isbotini topdi. Shundan keyin isteʼmolchiga uning talabiga koʻra, gaz plitasi uchun toʻlagan 2 700 000 soʻm pul mablagʻi qaytarilishiga erishildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan uchrashuvda nutq so‘zladi.
- “Jasorat maktablari”ga oʻquvchilarni qabul qilish tartibi belgilandi
- Nodavlat oliy taʼlim muassasalari ustav fondini kamida 2 million AQSH dollari ekvivalentida shakllantirilishi shart – Vazirlar Mahkamasi qarori
- Yetakchilar “Imorat” tarixiy-meʼmoriy majmuasiga bordi
- “Xalq soʻzi” bo'lim muharriri “Oltin qalam” mukofoti sohibi boʻldi
- Xiva shahrida Birinchi Oʻzbekiston-Ozarbayjon parlamentlararo forumi muvaffaqiyatli yakunlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring