Mehnat migrantlariga mikroqarzlar beriladi — Prezident qarori

11:24 16 Sentyabr 2020 Jamiyat
1315 0

“Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident qarori (PQ–4829-son, 15.09.2020-y.) qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq, xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimi joriy etiladi.

Xorijda ishlashga ketishdan oldin Oʻzbekiston fuqarolarini kasb-hunarga va xorijiy tillarga oʻqitish amaliyotini samarali yoʻlga qoʻyish, ularga kasbiy malakani tasdiqlovchi xalqaro tan olinadigan sertifikatlarni berish tizimini joriy qilish mazkur tizimning asosiy yoʻnalishlaridan biri etib belgilandi.

Qarorga koʻra:

— Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hududiy filiallariga umumiy rahbarlik qiladi;

— Hududiy filial rahbarlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining yordamchisi hisoblanadi;

— Hududiy filiallar xorijiy ish beruvchilar bilan kelishuvlar tuzadi hamda xorijga fuqarolarni ishga yuboradi.

— Qarorga muvofiq, 2021-yil 1-yanvarga qadar quyidagilar tashkil etiladi:

— Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida “Yapon tili va kasbiy malaka” test markazi;

— Fargʻona shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida payvandchilar maktabi;

— Guliston shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida ishchilar tayyorlash oʻquv markazi;

— Namangan viloyatidagi professional taʼlim muassasalarida davlat xususiy sheriklik asosida “IT School” oʻquv markazlari, chet tillariga oʻqitish va xizmat sohasi boʻyicha kasblarga tayyorlash oʻquv markazlari.

Shuningdek, 2021-yil 1-yanvardan:

— “Ijtimoiy himoya yagona reyestri axborot tizimi”ga kiritilgan kam taʼminlangan oila aʼzosi tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi yoʻli bilan vaqtinchalik ishlash uchun xorijga chiqayotganda ularga mikroqarzlar berish tartibi joriy qilinadi;

— mikroqarzlar xorijda ishga joylashish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun 10 mln soʻmgacha miqdorda 1 yil muddatga beriladi;

— mikroqarz foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshadigan, lekin asosiy stavkaning 1,5 baravaridan koʻp boʻlmagan qismi kompensatsiya qilinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер