Margʻilon shahrida imtiyozli kredit olib berishda firibgarlik qilgan mahalla raisi ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament va DXXning Margʻilon shahar boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Margʻilon shahar “B” nomli mahalla raisi U.Gʻ. yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali fuqaro A.A.ga “Xalq banki” Margʻilon filialidan “Har bir oila - tadbirkor” Davlat dasturi asosida 30 mln. soʻm kredit mablagʻlarini olib berishga koʻmaklashish evaziga 300 AQSH dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan mahalla raisi U.Gʻ.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring