“Xovos siti”: Qisqa muddatda yangi shahar paydo boʻlmoqda (Fotoreportaj)
“Xalq soʻzi Online”. Ahmadali Shernazarov/Sirdaryo. Qurilishi boshlanganiga hali koʻp vaqt oʻtmagan boʻlsa-da, Xovos tumanida barpo etilayotgan “Xovos siti” tobora zamonaviy va koʻrkam shahar qiyofasiga kirib bormoqda.
Shu kunlarda 3 ta koʻpqavatli uy qurilishi nihoyasiga yetish arafasida turibdi. Qolganlarining deyarli barchasida tom yopish va bezak ishlari bajarilayotir.
Yaqinda “Xovos siti” ning maʼmuriy hududida Bandlikka koʻmaklashish markazi binosi foydalanishga topshirilgan boʻlsa, unga yaqin joyda tuman hokimligi, sud, davlat xizmatlari markazi kabi bir necha idoralarning binolari qurilishi ham jadal olib borilmoqda. Shuningdek,“Xotira maydoni”, yangi shahardan oʻtuvchi “M-34” avtoyoʻli kengaytirilib, uning chetida yashil landshaft va piyodalar yoʻlaklari barpo etilayotir.







Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring