“Katta Quyosh sandoni” endi strategik obyekt emas, uning eshiklari barchaga birdek ochiq
Foto: "Xalq so'zi"
Dunyo ilm-fanida Oʻzbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi S. Azimov nomidagi “Fizika — Quyosh” IICHB Materialshunoslik institutining “Katta Quyosh pechi” eng noyob obyektlardan biri hisoblanadi. Axir, bunday qurilma jahonda atigi ikkita. Biri Fransiyada boʻlsa, ikkinchisi Oʻzbekistonda! Biroq yaqin-yaqingacha mazkur qurilma bilan yaqindan tanishishning iloji yoʻq edi. Bugungi kunda ilmiy turizmni rivojlantirish maqsadida Parkent tumanidagi mazkur obyekt barcha uchun oʻz eshiklarini ochdi.
— “Katta Quyosh pechi”ni koʻrish maqsadida kelayotgan sayyohlar kun sayin koʻpaymoqda, — deydi S. Azimov nomidagi “Fizika — Quyosh” IICHB Materialshunoslik instituti katta ilmiy xodimi, texnika fanlari nomzodi Yoʻldosh Sobirov. — Ular orasida maktab oʻquvchilari, talabalar koʻpchilikni tashkil etadi. Bizni xursand qilayotgani keyingi paytda chet ellik tadqiqotchilar ham kelishmoqda.
Toshkent viloyati turizmni rivojlantirish departamenti tomonidan viloyat hokimligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi koʻmagida tashkil etilgan info-turda “Katta Quyosh sandoni” qurilishi boʻyicha qiziqarli maʼlumotlarni taqdim etishdi.
Mazkur qurilma uchun dengiz sathidan 1100 metr balandlikdagi hozirgi joyi tanlanib, yer maydoni portlatiladi. Soʻngra 30 metr chuqurlikdan temir-beton asosli poydevori qoʻyiladi. Konsentrator va texnologik minora joylashgan inshoot 60 metr balandlikda barpo etiladi. Uning tepasiga lift yordamida, chiqiladi.
Qurilma yaqinida besh yulduz mehmonxona qurilgani mahalliy va xorijiy sayyohlar, ayniqsa, ilmiy turizm vakillari uchun qoʻshimcha qulayliklar yaratmoqda.
Said RAHMONOV.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring