Yoʻlovchi avtobusi YTHga uchradi. Qurbonlar ichida maktab va kollej oʻquvchilari bor
Hindistonning Ximachal-Pradesh shtatida yoʻlovchi avtobusi ishtirokida yoʻl harakati hodisasi roʻy berdi. Oqibatda 43 kishi hayotdan koʻz yumdi, 30 kishi jarohatlandi, deb xabar berdi Hindustan Times. Banjar shahridan Gadagushani tumaniga ketayotgan avtobus jarga qulab tushgan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, haydovchi boshqaruvini yoʻqotgan. Avtobus 42 kishiga moʻljallangan boʻlsa-da, unda 73 kishi boʻlgan.
Qurbonlar orasida oʻqishdan soʻng qishlogʻiga qaytayotgan maktab va kollej oʻquvchilari bor.
Ularning soni ortishi mumkin. Sababi jarohatlanganlarning koʻpchiligi ogʻir ahvolda.
Politsiya dahshatli YTH boʻyicha tergov-surishtiruv ishlarini boshlagan.
Mamlakat bosh vaziri Narendra Modi vafot etganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring