Internet nashrlaridan biri xalq taʼlimi vazirining tanqid boʻyicha izohini notoʻgʻri talqin qilgan - Vazirlik
Internet nashrlaridan biri Xalq taʼlimi vazirining tanqid boʻyicha izohini bir qismini keltirgan holda notoʻgʻri talqin qilgan. Bu haqda XTV matbuot xizmati xabar berdi.
2018-yilda Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov oʻz Facebookʼ sahifasida maktab formasi boʻyicha TVda berilgan reportajga munosabat bildirgan. Unda oʻqituvchi va oʻquvchilarning kiyimlari tanqid qilingan edi.
Jurnalistlar tanqid qilganda bolalarning yuzini berkitishmagan. Vazir oʻz izohida shuni nazarda tutgan. Quyida oʻsha izohning toʻliq matni havola etiladi:
Xalq taʼlimi tizimidagi faoliyatimizning birinchi kunlarida maktablarda juda koʻp muammolar yigʻilib qolganligi, ular qolib ikkinchi darajali boʻlgan forma haqida juda koʻp muhokamalar boʻlayotgani haqida aytib oʻtgan edik.
Lekin, afsuski, haligacha shu masala muhokamada. Menimcha, ushbu masalaga nuqta qoʻyish vaqti keldi.
Jurnalistlardan iltimos, birgalikda oʻqituvchilarimiz obroʻsini oshirishga harakat qilaylik, obroʻsini toʻkishga emas. Oʻzi shundoq ham yaxshi oʻqituvchi topish qiyin. Agarda qandaydir kiyimiga eʼtiroz boʻlsa, uni ommaga muammo qilib koʻrsatgandan koʻra oʻqituvchini oʻziga aytib qoʻyish yaxshiroq boʻlardi.
Oʻzi umuman, televideniye orqali kimnidir ruxsatisiz tanqid qilinayotganda iqtisodiy rivojlangan davlatlardagidek imkoni boricha uni tanib boʻlmaydigan qilib yuzini koʻrsatmasdan amalga oshirish toʻgʻri boʻladi, ayniqsa yosh bolalarga bu juda salbiy taʼsir qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring