Buloqboshi tumanida sement zavodi qurilishi boshlandi
Foto: “Xalq soʻzi Online”
Saminjon Husanov, “Xalq soʻzi Online”/Andijon. Davlatimiz rahbari 2017 yilda Andijon viloyatiga tashrifi davomida Buloqboshi tumanida boʻlib, hududda ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish, aholini ish bilan taʼminlash, tuman iqtisodiyotini yuksaltirish masalalariga alohida toʻxtalgan edi.
Jumladan, “Shenfen-bridge of friendship” MCHJ shaklidagi Oʻzbekiston-Xitoy qoʻshma korxonasi qurilishi loyihasiga alohida toʻxtalib, uning istiqboli xususida fikr bildirgan edi. Zero, Buloqboshi tumani sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish surʼati past hududlardan boʻlib, uning viloyatdagi ulushi atigi 1,4 foizni tashkil etadi. Qurilishiga asos solingan sement zavodi ishga tushgach, bu koʻrsatkich keskin ortadi. Boisi, 203,9 million AQSH dollari hajmidagi loyiha amalga oshirilgach, tumanda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 5 marotaba ortadi. 750 kishining bandligi taʼminlanadi. Bu yerda ishlab chiqariladigan xom ashyo, nafaqat, ichki bozorni taʼminlaydi, balki har yili 20 million AQSH dollari miqdoridagi eksport amaliyoti ham bajariladi.
“Zhejiang Shangfeng Building Materials Co. Ltd” kompaniyasi Xitoydagi 50 ta eng yirik kompaniyalardan biri hisoblanadi. 40 yillik tajribaga ega kompaniyamiz energiya tejamkor va ekologik toza mahsulotlari bilan mashhur. Buloqboshi tumanining Chilustun togʻ tizmasida qurilishi boshlanayotgan sement ishlab chiqarish korxonasini hamkorlikda barpo etish orqali Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyoti yuksalishiga hissa qoʻshishimiz mumkinligidan xursandman”, - deydi kompaniya rahbari Ma Min Lyang.
Yiliga 1 million 200 ming tonna mahsulot ishlab chiqaradigan korxonaga asos solinishi boshqa turdagi korxonalarning vujudga kelishiga ham asos boʻladi. Boisi, zavod qurilishi tufayli tumanga temir yoʻl, avtomobil yoʻli va kommunikatsiya tarmoqlari kirib keladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring