Baliq yetishtirish hajmi 25 tonnaga yetkaziladi
Andijon viloyatida aholini sifatli goʻsht mahsuloti bilan taʼminlash maqsadida olib borilayotgan ishlar doirasida baliqchilikni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Jumladan, Ulugʻnor tumanida shu yilning oʻzida tadbirkorlar tomonidan 42 ta baliqchilik hovuzlari tashkil etilgan boʻlib, har bir hovuzlar 1-1.2 gektarni tashkil etadi. Shu kungacha ularga 2.5 tonna baliq chavoqlari tashlandi. Shuningdek, havzaga 40 ta suv tozalash uskunasi oʻrnatilishi koʻzda tutilgan boʻlib, hozirda Xitoy davlatidan 3 ta uskuna yetib keldi va hovuzlarga oʻrnatildi.
— Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining maʼlumotida bayon etilishicha, har bir fuqaro yil davomida kamida 7 kg.dan kam boʻlmagan miqdorda baliq goʻshti isteʼmol qilishi maqsadga muvofiqdir,-deydi tadbirkor Neʼmatjon Ahmadaliyev. — Andijon viloyati aholisi ayni paytda 3,5 million nafardan ortiq ekanligini inobatga olsak, baliqchilik istiqbolli loyihalardan biri hisoblanadi.
Oʻtgan yili viloyatda 12 ming tonna baliq yetishtirilgan boʻlsa, joriy yilda bu koʻrsatkich 15 ming tonnani tashkil etishi rejalashtirilgan. Shunday boʻlishiga qaramay, aholi ehtiyoji va yaratilayotgan imkoniyatlarni inobatga olib, qoʻshimcha yana 10 tonna mahsulot yetishtirish ustida ish olib borilmoqda. Bu bilan aholini sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsuloti bilan taʼminlashga erishiladi.
Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring