Alisher Saʼdullayev: “Mening davlat rahbari tomonidan bu lavozimga tayinlanishim nafaqat menga balki barcha yoshlarga berilgan yuksak ishonchdir”.

Bugungi kun yoshlari bilagidagi kuchni, oʻz bilimini qayerga, qanday sarflashni yaxshi biladi. Ularning har sohada mustaqil qadam tashlashi, jamiyatda munosib oʻrin egallashga boʻlgan ishtiyoqi yoshlarga oid davlat siyosatining samarasidir. Zamonamiz yoshlari bugun deputat, rahbar, ishbilarmon sifatida ham ildam. Ular mamlakat taraqqiyoti koʻzlanganislohotlarda tashabbuskorligi,kreativ gʻoyalari, betakror loyihalari va aniq maqsadlari bilanvatanimiz ravnaqi uchun munosib hissa qoʻshib kelmoqda. Yosh boʻlsalar-da, xalqimizning, ayniqsa,yoshlarimizning dardini tushunadi. Tengdoshlarining gʻamini yeb, tinimsiz izlanadi, mehnat qiladi.
Soʻnggi yillarda Prezidentimiz ana shunday sadoqat bilan yonib yashayotgan bilimli, tashabbuskor, tashkilotchi, fidoyi yoshlarga masʼuliyatli rahbarlik lavozimlarini ishonib topshiryapti. Jumladan, Alisher Saʼdullayev ham qisqa vaqt ichida sodiq xizmati, fidoyiligi bilan yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda oʻz hayotida yangi marralarni zabt etdi. Dastlab, 2017-yil iyul oyidan 2018-yil oktyabr oyigacha Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirining oʻrinbosari lavozimida samarali ish olib bordi. 2018-yil 27-oktyabr kuni Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashida Yoshlar yetakchisi raisligida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Toshkent shahri Yunusobod tumaniga tashrifi davomida 24 yoshli Alisher Saʼdullayev Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Ushbu yigʻilishda “Prezident bizga juda katta imkoniyatlar berdi, u kishi biz, yoshlarga ishondi, ishonch esa — bu katta qarz, buni unutmasligimiz kerak” , – degan edi yosh rahbar A. Saʼdullayev.
Uning fikricha, Prezident yoshlar vakilini bekordan-bekorga bu lavozimga tayinlamagan — davlat rahbari bu bilan yoshlar qoʻrqmasligi va oʻz gʻoyalarini baralla aytishi kerakligini bildirmoqchi boʻlgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-avgustdagi Farmoni asosida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining birinchi oʻrinbosari lavozimda ishlab kelgan Saʼdullayev Alisher Zafarovich shu kundan boshlab Prezidentning yoshlar, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport masalalari boʻyicha maslahatchisining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi vazifasini vaqtincha bajarish yuklandi.
—Mening davlat rahbari tomonidan bu lavozimga tayinlanishim nafaqat menga balki barcha yoshlarga berilgan yuksak ishonchdir. Bu oilamizga, sharafli kasb egasi boʻlgan oʻqituvchi otam va mehribon onajonimga katta faxr bagʻishlaydi. Shuningdek, ayni kunlarda oʻqituvchilar nufuzini oshirish uchun qilinayotgan harakatlarga mos ravishda bu tayinlov oʻqituvchi oilasiga oʻzgacha kuch bagʻishlaydi, – deydi A.Saʼdullayev.— Davlat rahbarining yuksak ishonchi – har qanday yosh halol mehnat, tinimsiz izlanish va xalqiga sadoqat bilan xizmat qilish orqali yuqori marralarga erishishi mumkinligining isbotidir.
Singapur menejmentini rivojlantirish institutini tamomlab, faoliyatini “Result” oʻquv markazining direktorligidan boshlagan yosh rahbar “Kimni qoʻlida ishlar ekanman, nima ish qilsam ekan?” deb emas, “Men bundan-da koʻproq ish oʻrni yaratishga qodirman, yanada izlanishim,koʻproq mehnat qilishim kerak”, deb oʻz ustida ishlagani bois bugun uning yutuqlari bardavom. Yaratayotgan yirik loyihalari, katta rejalari amalga oshyapti.
Prezidentimiz yoshlarni qoʻllab-quvvatlab turgan bir paytda Alisher Saʼdullayev kabi yoshlarning safi kengayishi nihoyatda muhim. Chunki yurtimiz ertasini ana shunday ishbilarmon, ilgʻor yoshlar yaratadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan uchrashuvda nutq so‘zladi.
- “Jasorat maktablari”ga oʻquvchilarni qabul qilish tartibi belgilandi
- Nodavlat oliy taʼlim muassasalari ustav fondini kamida 2 million AQSH dollari ekvivalentida shakllantirilishi shart – Vazirlar Mahkamasi qarori
- Yetakchilar “Imorat” tarixiy-meʼmoriy majmuasiga bordi
- “Xalq soʻzi” bo'lim muharriri “Oltin qalam” mukofoti sohibi boʻldi
- Xiva shahrida Birinchi Oʻzbekiston-Ozarbayjon parlamentlararo forumi muvaffaqiyatli yakunlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring