2020-yil uchun byudjet taqsimoti: qaysi tashkilotga qancha pul beriladi?

10:26 12 Dekabr 2019 Iqtisodiyot
7740 0

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi qonunni imzoladi va hujjat 10-dekabrdan kuchga kirgani haqida xabar berilgandi. Qonunga koʻra, davlat byudjetining jami miqdori 100 trillion soʻmdan oshgan.

Xususan, 5-ilovada respublika byudjetidan birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan mablagʻlarning cheklangan miqdori keltirilgan.

Davlat byudjetining jami miqdori – 100 trillion 830 milliard 566,4 million soʻmni tashkil etadi.

Undan:

Joriy xarajatlarga — 74 trillion 26 milliard 964,4 million soʻm;

obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalarga — 12 trillion 441 milliard 609,1 million soʻm;

davlat maqsadli fondlariga transfertlar — 9 trillion 248 milliard 82,8 million soʻm;

Oʻzbekiston Respublikasi byudjetidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy byudjetiga ajratiladigan tartibga soluvchi transfertlar — 5 trillion 113 milliard 909,9 million soʻm.

  • Moliya vazirligi — 27 trillion 588 milliard 744,1 million soʻm;
  • Xalq taʼlimi vazirligi — 18 trillion 616 milliard 652,2 million soʻm;
  • Maktabgacha taʼlim vazirligi — 5 trillion 178 milliard 570,5 million soʻm;
  • Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi — 3 trillion 314 milliard 709,3 million soʻm;
  • Sogʻliqni saqlash vazirligi — 3 trillion 70 milliard 202,4 million soʻm;
  • Suv xoʻjaligi vazirligi — 2 trillion 682 milliard 3,5 million soʻm;
  • Transport vazirligi — 2 trillion 668 milliard 331,5 million soʻm;
  • Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi — 2 trillion 284 milliard 205 million soʻm;
  • Vazirlar Mahkamasi — 1 trillion 480 milliard 696,8 million soʻm;
  • Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi — 1 trillion 457 milliard 430,6 million soʻm;
  • Davlat soliq qoʻmitasi — 1 trillion 38 milliard 509,6 million soʻm;
  • Jismoniy tarbiya va sport vazirligi — 893,5 milliard 535,9 million soʻm;
  • Madaniyat vazirligi — 746 milliard 516,2 million soʻm;
  • Prezident Adminstratsiyasi — 742 milliard 577,9 million soʻm;
  • Bosh prokuratura — 734 milliard 184,7 million soʻm;
  • Innovatsion rivojlanish vazirligi — 604 milliard 557,8 million soʻm;
  • Qishloq xoʻjaligi vazirligi — 535 milliard 749,6 million soʻm;
  • Oliy sud — 448 milliard 920,4 million soʻm;
  • Tashqi ishlar vazirligi — 421 milliard 426,5 million soʻm;
  • Milliy teleradiokompaniya — 420 milliard 216,5 million soʻm;
  • Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi — 408 milliard 182,6 million soʻm;
  • Yoshlar ittifoqi — 372 milliard 52,5 million soʻm;
  • Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi — 235 milliard 138,6 million soʻm;
  • Iqtisodiyot va sanoat vazirligi — 224 milliard 590,6 million soʻm;
  • OʻzFA — 218 milliard 352,6 million soʻm;
  • Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi — 188 milliard 245,1 million soʻm;
  • Davlat statistika qoʻmitasi — 151 milliard 260,1 million soʻm;
  • Adliya vazirligi — 130 milliard 378 million soʻm;
  • Xotin qizlar qoʻmitasi — 121 milliard 518 million soʻm;
  • Kasaba uyushmalari federatsiyasi — 120 milliard soʻm;
  • Oliy Majlis Qonunchilik palatasi — 115 milliard 155,8 million soʻm;
  • Qurilish vazirligi — 98 milliard 551,8 million soʻm;
  • Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri boʻyicha davlat qoʻmitasi — 98 milliard 113,8 million soʻm;
  • Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi— 95 milliard 34,9 million soʻm;
  • Gidrometeorologiya xizmati markazi — 73 milliard 862,7 million soʻm;
  • Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi — 65 milliard 590,4 million soʻm;
  • Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi — 42 milliard 188,9 million soʻm;
  • Energetika vazirligi — 41 milliard 59,5 million soʻm;
  • Oliy Majlis Senati — 20 milliard 962,8 million soʻm;
  • Ekologiya va atrof-muhitni himoya qilish davlat qoʻmitasi — 19,9 milliard 916,2 million soʻm;
  • Sudyalar oliy kengashi — 18 milliard 709,7 million soʻm;
  • “Oʻzstandart” agentligi — 16 milliard 367,1 million soʻm;
  • Sanoat xavfsizligi qoʻmitasi — 14 milliard 432,1 million soʻm;
  • OʻzA — 11 milliard 695,7 million soʻm;
  • Maʼnaviyat va maʼrifat markazi — 9 milliard 669,1 million soʻm;
  • Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi — 9 milliard 446,2 million soʻm;
  • “Oʻzarxiv” agentligi — 8 milliard 627,9 million soʻm;
  • Davlat aktivlarini boshqarish agentligi — 8 milliard 442 million soʻm;
  • Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz — 7 milliard 530,2 million soʻm;
  • Markaziy saylov komissiyasi — 4 milliard 315 million soʻm;
  • Ombudsman — 3 milliard 943,6 million soʻm;
  • Konstitutsiyaviy sud — 3 milliard 766,4 million soʻm;
  • Kapital bozorini rivojlantirish agentligi — 3 milliard 478,7 million soʻm;
  • Innovatsion sogʻliqni saqlash palatasi — 2 milliard 437,9 million soʻm;
  • “Nuroniy” jamgʻarmasi — 1 milliard 743,4 million soʻm;
  • Boshqa tashkilotlar — 22 trillion 938 milliard 85,5 million soʻm.

Izoh: Moliya vazirligi xarajatlari kesimida koʻplab ijtimoiy toʻlovlar, tashqi qarzlarga xizmat koʻrsatish va boshqa xarajatlar oʻrin olgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?