Ўзбекистон халқ шоири Тўлан Низом вафот этди

12:11 10 Декабрь 2020 Жамият
1244 0

Bugun, 10-dekabr kuni Oʻzbekiston xalq shoiri Toʻlan Nizom 81 yoshida vafot etdi. Bu haqda Andijon viloyati hokimligi Axborot xizmati xabar berdi

Toʻlan Nizom 1939-yilda Andijon viloyatining Boʻz (Boʻston) tumanining Beshgul qishlogʻida tugʻilgandi. 1965-yilda Andijon pedagogika institutini tamomlagan.

1970-yilda shoirning “Sening ertaklaring” nomli ilk sheʼriy toʻplami nashrdan chiqarilgan. Shoirning 1982-yilda "Iftixor", 1988-yilda “Oy qizlar”, 1993-yilda “Muqaddas ruh va Vatan tuygʻusi” kabi qator toʻplamlari xalqimizga manzur boʻlgan.

“Xalq soʻzi” tahririyati marhumning yaqinlariga chuqur taʼziya bildiradi.

Тавсия этамиз

Изоҳлар

Ҳозирча ҳеч ким фикр билдирмаган. Балки Сиз биринчилардан бўларсиз?

Кўп ўқилганлар

Янгиликлар тақвими

Кластер