Xorazmda ham qator korxona va tashkilotlar binolariga quyosh  panellari oʻrnatilmoqda

19:10 24 Ноябрь 2022 Жамият
330 0

Фото: Халқ сўзи

Xabaringiz bor, respublikamiz hududlarida qator ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarda muqobil energiyadan foydalanish chora-tadbirlariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ushbu saʼy-harakatlar joriy yilning 10-iyun kuni davlatimiz rahbari tomonidan qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanishni kengaytirish masalalari boʻyicha oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida belgilangan topshiriqlar ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda.

Xususan, Xorazm viloyatida ham ayni yoʻnalishda sezilarli natijalarga erishilmoqda. Misol uchun, Urganch shahar hokimligi binosiga oʻrnatilgan muqobil energiya manbasi soatiga 20 kVt elektr energiyasi ishlab chiqaradi. “Xorazm hududiy elektr tarmoqlari”AJ maʼmuriy binosiga esa 30 kVt quvvatga ega quyosh panellari oʻrnatildi.

Bundan tashqari “Xorazm hududiy elektr tarmoqlari”AJga qarashli 13 ta korxonada ham ortiqcha elektr energiyasi sarfining oldini olish maqsadida jami quvvati 70,2 kVt boʻlgan quyosh panellari oʻrnatish ishlari amalga oshirilmoqda. Bu esa yiliga 404 ming kVt soat elektr energiyasini, boshqacha aytganda, 181,9 million soʻm mablagʻni tejash imkonini beradi.

 

Odilbek Odamboyev, “Xalq soʻzi”.

Тавсия этамиз

Изоҳлар

Ҳозирча ҳеч ким фикр билдирмаган. Балки Сиз биринчилардан бўларсиз?

Кўп ўқилганлар

Янгиликлар тақвими

Кластер