Dunyoda COVID-19 bilan kasallanganlar 91,5 million nafardan oshdi

Jons Xopkins universitetining hozirgi maʼlumotlariga koʻra dunyoda COVID-19 bilan kasallanganlar soni 91,5 million nafardan ortiqni tashkil etmoqda.

11:46 13.01.2021
Hindiston quyosh qurilmalarini kanallarda joylashtirishni boshladi

Hindiston yer va suvni tejash maqsadida quyosh qurilmalarini kanallarda joylashtirishni boshladi

10:44 13.01.2021
Vaksinalarga eng koʻp ishonayotgan mamlakatlar eʼlon qilindi

Vyetnam, Hindiston va Xitoy aholisi COVID-19 vaksinalariga boʻlgan ishonchi boʻyicha dunyoda yetakchilik qilmoqda.

17:53 12.01.2021
Dunyoda koronavirus yuqtirganlar 90 millionga yaqinlashdi

Oxirgi sutka davomida dunyoda COVID-19 dan 11 ming nafardan ortiq bemor vafot etdi.

11:03 12.01.2021
Konstruktiv tashqi siyosatni olib borishning ustuvor yoʻnalishlari muhokama qilindi

2021-yil 11-yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi tomonidan “Barqaror taraqqiyot va xavfsizlikni taʼminlashda izchil va konstruktiv tashqi siyosatni olib borishning ustuvor yoʻnalishlari” mavzusida fraksiyalararo amaliy muloqot oʻtkazildi.

19:55 11.01.2021
Toshkent viloyatida farmatsevtika klasteri yaratiladi

Loyiha respublikada ishlab chiqarilayotgan dori-darmon vositalari turlarini kengaytirish, ilmiy tadqiqot oʻtkazish va ishlanmalarni tashkil etish, shuningdek, xalqaro taʼlim standartlariga muvofiq malakali farmatsevtika kadrlarini tayyorlash orqali farmatsevtika sanoatini kompleks rivojlantirishni ragʻbatlantirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

11:43 11.01.2021
Taʼtildagi prezident, gulxan atrofidagi Abdurahmonov, qishloqda tunagan Mirzayev, “Oskar”ga kechikkan “Farida” — Hafta “trend”lari

Yangi yilning ilk haftasida oʻzbekistonliklar uchun muhim va qiziqarli voqealarga boy boʻldi. “Xalq soʻzi” shu kabi xabarlarning eng muhimlarini saralab hafta dayjestini sizlarga havola qiladi.

01:09 11.01.2021
Dunyoda bir sutkada 736 mingga yaqin kishi koronavirusga chalindi — JSST

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 85 million 929 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 1 million 876 mingdan ziyod kishi vafot etgan (07.01.2021-yil Yevropa vaqti bilan soat 17:04 holatiga koʻra). Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus...

11:33 08.01.2021
“Trimol” ishlab chiqaruvchilari “TURMOL” ishlab chiqaruvchilar ustidan shikoyat qildi

Ijtimoiy tarmoqlarda barchaga tanish boʻlgan «Trimol» dori vositasining umumiy koʻrinishi va nomidan foydalanib «Turmol» tabletkalarini ishlab chiqarayotgan namanganlik “uddaburon tadbirkor” haqida maʼlumotlar tarqalgan edi. Ushbu holat yuzasidan Intellektual mulk agentligi munosabat bildirdi

15:54 07.01.2021
Innovatsion rivojlanish vaziri elchilar bilan uchrashdi

Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi favqulodda va muxtor elchilari bilan uchrashdi. Innovatsion rivojlanish vazirligi binosiga 20 nafardan oshiq Oʻzbekistonning diplomatik vakolatxonalari vakillari tashrif buyurdilar.

13:13 07.01.2021
Parranda grippi xavfi: Hindistonda minglab parrandalar yoʻq qilinmoqda

Hindistonda yovvoyi gʻozlar, qargʻalar va oʻrdaklarda parranda grippi aniqlangan. Shu bois butun mamlakat boʻylab oʻn minglab parranda va qushlarni yoʻq qilish boshlandi.

16:26 06.01.2021
Dunyoda koronavirus yuqtirganlar 85 millionga yaqinlashdi

JSST maʼlumotlariga koʻra, oxirgi sutka davomida dunyoda 541 ming nafardan ortiq yangi kasallanish holati qayd etildi.

11:05 06.01.2021
Pillachilik va qorakoʻlchilik: taraqqiyotning yangi imkoniyatlari

2021-yil 3-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasida mazkur sohalardagi xalqaro hamkorlik istiqbollariga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi. 

23:47 04.01.2021
Dunyoda koronavirusdan 2 millionga yaqin bemor vafot etdi

JSST maʼlumotlariga koʻra, oxirgi sutka davomida dunyoda COVID-19 dan 12,5 ming nafardan ortiq bemor vafot etdi.

13:26 04.01.2021
Yangi oʻquv yilidan 10 ming nafar xorijlik talaba Oʻzbekiston OTMda taʼlim olishi rejalashtirilmoqda

Mamlakatimizda tibbiyot sohasi uchun 9 ta oliy taʼlim muassasasi va ularning 2 ta filialida malakali kadrlar tayyorlanmoqda.

18:01 01.01.2021
Forishda IT-markaz ish boshladi

Axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish, raqamli iqtisodiyot uchun yosh kadrlarni yetkazib berish, yoshlar oʻrtasida kompyuter savodxonligini oshirish, elektron tijorat, dasturlash asoslari, internet tarmogʻidan samarali foydalanish va uni tadbirkorlik sohasiga tatbiq etish maqsadida Jizzax viloyatining asosiy qismi togʻlardan iborat boʻlgan Forish tumanida...

10:02 31.12.2020
Shavkat Mirziyoyev: Murakkab pandemiya sharoiti biz bir-birimizga qanchalik bogʻliq va kerak ekanimizni yana bir bor yaqqol namoyon etdi

Birinchidan, Oʻzbekiston olib borayotgan ochiq, pragmatik va amaliy tashqi siyosatni inobatga olib hamda uzoq muddatli strategik maqsadlarimizdan kelib chiqqan holda, Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasi takomillashtiriladi.

13:13 29.12.2020
“Qizil hudud”dagi shifokor koronavirusni davolashdagi oʻta jiddiy xatoni maʼlum qildi

Koronavirusni yuqtirgan baʼzi bemorlar juda koʻp antibiotiklarni qabul qilish orqali oʻzlarining ahvolini ogʻirlashtirmoqda. Bu haqda hindistonlik shifokor Alok Mishra aytib oʻtdi. U ayni paytda Dogʻistondagi kasalxonalardan birida “qizil zona”da faoliyat olib bormoqda.

00:26 26.12.2020
Sayyoramizning har yuzinchi odami koronavirus bilan zararlanib boʻldi

Yer yuzida “Covid-19”ni yuqtirganlarning umumiy soni 77 955 749 (Jon Xopkins universiteti maʼlumoti) kishiga yetdi. 

08:35 24.12.2020