Xorazmda FHDYO attestatsiya natijalari maʼlum boʻldi

Bugungi kunda mamlakatimizda FHDYO organlari faoliyatiga alohida eʼtibor qaratilayotgan boʻlib, ularni yana-da takomillashtirish yuzasidan samarali ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

16:09 16.12.2020
DXAning navbatdan tashqari attestatsiyasidan 11 nafar xodim oʻta olmadi

DXA Qashqadaryo viloyat boshqarmasi matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, attestatsiyada ishtirok etgan xodimlarning 21 nafari attestatsiyadan muvaffaqiyatli oʻtib, egallab turgan lavozimiga loyiq deb topildi. 5 nafar xodim esa shartli ravishda sinovdan oʻtdi, 11 nafar xodim attestatsiyadan oʻta olmadi.

15:21 16.12.2020
Sudya lavozimida pensiya olish huquqini beradigan ish stajini hisobga olishda oʻzgartirishlar kiritildi

Hukumat qarori bilan “Sudyalar va ularning oila aʼzolari pensiya taʼminoti shartlari, meʼyorlari hamda tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritildi.

12:48 16.12.2020
Oʻzbekistonda bolalar uchun yangi telekanal tashkil etiladi

“Ixtisoslashgan bolalar koʻngilochar-maʼrifiy telekanalini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

11:19 14.12.2020
Oʻzbekistonda kannabisni kimlar yetishrishi mumkin? Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Oʻrinboyeva kannabis oʻsimligini yetishtirish va foydalanish boʻyicha maʼlumot berdi. "Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan oʻzgartirishlarga muvofiq, kannabis oʻsimligini faqat sanoat maqsadlarida yetishtirishga ruxsat berilgan; Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan litsenziyalaganlik uchun toʻlanadigan davlat bojiga muvofiq tarkibida 0,2% giyohvandlik moddasi mavjud kannabis oʻsimligini: giyohvandlik moddalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bogʻliq boʻlmagan sanoat maqsadlarida (tola va urugʻ) yetishtirish BHMning 3000 baravari; shuningdek, olib kirish, qayta ishlash, saqlash, realizatsiya qilish (berish), olish va tashish uchun BHMning 200 baravari miqdorlari belgilangan. kannabis oʻsimligi va uni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlar tarkibida tetrakannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizdan oshganda, ushbu oʻsimlik, shuningdek uni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlar belgilangan tartibda olib qoʻyilishi hamda yoʻq qilinishi oʻrnatilgan. Mazkur Hukumat qarori bilan kannabis oʻsimligini yetishtirish va foydalanish faoliyatini litsenziyalash tartibini oʻz ichiga olgan nizom tasdiqlandi. Ushbu Nizomga koʻra kannabis oʻsimligini yetishtirish va foydalanish faoliyatini litsenziyalash Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Kannabis oʻsimligini yetishtirish va foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan faoliyat bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziya 5 yil muddatga beriladi. Litsenziya olgan yuridik shaxs kannabis oʻsimligini yetishtirish yoki saqlash obyektlari (joylari)ni huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda tegishli himoya qilinishini (qoʻriqlanishini) tashkil etishi lozim. Shuningdek, kannabis oʻsimligini tashish bilan bogʻliq boʻlgan faoliyatda avtotransport vositalarini tegishlicha kuzatuvini taʼminlashi lozim. Kannabis oʻsimligini sanoat maqsadlarida yetishtirish uchun qishloq xoʻjaligida foydalanishdan chiqarilgan yerlar ajratib beriladi. Nizomga muvofiq kannabis oʻsimligini yetishtirish va foydalanish faoliyati faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi", deydi Oʻrinboyeva.

Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Oʻrinboyeva kannabis oʻsimligini yetishtirish va foydalanish boʻyicha maʼlumot berdi.

13:37 12.12.2020
Kelgusi oʻquv yilidan magistraturada sport sohasida yangi mutaxassisliklarga qabul boshlanadi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-noyabrdagi “Aholining sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

18:13 02.12.2020
Oʻzbekistonda lotin yozuvidagi oʻzbek imo-ishora alifbosi ishlab chiqiladi

“Shaxslar oʻrtasida muloqot vositasi sifatida ishlatiladigan imo-ishora tilini yana-da rivojlantirish toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori loyihasi eʼlon qilindi.

17:24 02.12.2020
1-dekabrdan nimalar oʻzgaradi?

Prezident farmoniga asosan, 2020-yil 1-dekabrdan boshlab maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish vakolati jinoyat ishlari boʻyicha sudlar vakolatiga oʻtkaziladi.

10:16 27.11.2020
Namanganda 55 mingga yaqin xonadonda tabiiy gaz taʼminotida uzilishlar sodir boʻlayotgani maʼlum qilindi

Namangan viloyatida bugungi kunda aholi xonadonlarining 30 foizi tabiiy gaz, 70 foizi suyultirilgan gaz taʼminoti bilan foydalanmoqda. Bu haqda «Hududgaz Namangan» gaz taʼminoti filiali direktori Shavkatjon Otaxanov maʼlum qildi.

21:36 26.11.2020
Yetim bolalar taʼlim olish jarayonida toʻliq davlat taʼminotida boʻladi

Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning ijtimoiy himoyasini yana-da kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi

10:46 24.11.2020
Fransiyada ham minglab qorakoʻzanlar yoʻq qilinishi mumkin

Fransiyadagi qorakoʻzan fermasida ham koronavirus oʻchogʻi aniqlandi. Bu haqda mamlakat Qishloq xoʻjaligi vazirligi maʼlum qildi.

19:38 23.11.2020
Bogʻdorchilik-uzumchilik shirkatlarida ahvol qanday?

Oliy Majlis Senatining 2019-yilning avgust oyida boʻlib oʻtgan uchinchi chaqiriq yigirma birinchi yalpi majlisida bogʻdorchilik-uzumchilik shirkatlarining amaldagi faoliyati va ularning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish masalalari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga parlament soʻrovi yuborilgan edi.

18:03 20.11.2020
Professional taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibi tasdiqlandi

Hukumat qarori bilan Professional taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

20:42 12.11.2020
Oʻzbekistonda gender tenglikni taʼminlashda qanday oʻzgarishlar roʻy bermoqda?

2020-yilning 12-noyabr kuni Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Gender tenglikni taʼminlash masalalari boʻyicha komissiyasi tashabbusi bilan mamlakatimizda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash sohasida olib borilayotgan ishlarga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

16:40 12.11.2020
“Janubiy Ustyurt” milliy tabiat bogʻi tashkil etildi

Hukumat qarori bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasining Qoʻngʻirot tumanida davlat tabiatni muhofaza qilish muassasasi shaklida umumiy maydoni 1 447 143 gektar boʻlgan “Janubiy Ustyurt” milliy tabiat bogʻi tashkil etildi.

12:09 12.11.2020
Bojxona chegarasi orqali ipak chiqindilari va xom ipakning olib chiqilishi monitoring qilinadi

“Oʻzbekiston Respublikasi Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi

10:10 12.11.2020
Oʻrmon xoʻjaligi texnikumi tashkil etiladi

Hukumat qarori bilan (701-son, 09.11.2020-y.) 2021/2022 oʻquv yilidan Toshkent tumani oʻrmon xoʻjaligi kolleji negizida Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tizimidagi Oʻrmon xoʻjaligi texnikumi tashkil etiladi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

12:30 10.11.2020
Bojxona yigʻimlari stavkalari turi 20 tadan 12 taga qisqartirildi — Hukumat qarori

Vazirlar Mahkamasining “Bojxona yigʻimlari stavkalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

20:48 09.11.2020