Konstitutsiyaga kiritilayotgan barcha yangiliklar inson manfaatlariga xizmat qiladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri N.Ismoilov va bir guruh deputatlar Jizzax viloyatida mahalla faollari, oʻqituvchilar, tibbiyot vakillari, ishlab chiqarish korxonasi xodimlari bilan uchrashib, yangilanayotgan Konstitutsiyadan oʻrin olgan yangi demokratik qoidalar, ularning mazmun-mohiyati, ahamiyati haqida keng axborotlar berdi.

11:44 20.04.2023
Senat Raisi Andijon viloyatida qator uchrashuv va muloqotlar oʻtkazdi

Jumladan, mahalliy Kengashlar deputatlari va Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti professor-oʻqituvchilari hamda talaba yoshlar bilan tashkil etilgan uchrashuvda yangilanayotgan Konstitutsiyaga kiritilgan normalar mazmun-mohiyatiga atroflicha toʻxtalib oʻtildi.

01:18 20.04.2023
Senat raisi Namanganda

Sanoat zonasida faoliyat ko‘rsatayotgan “Agro sof zaxira” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishuv chog‘ida bu yerdagi tikuv - tikuv trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish jarayoni va korxonaning istiqboldagi rejalari ham mehmonlarga manzur bo‘ldi. 

18:38 19.04.2023
Jamiyatning barcha qatlamlari manfaatlari inobatga olingan

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri N. Ismoilov va bir guruh deputatlar Toshkent viloyatida boʻlib, yangilanayotgan Bosh qomusimizning mazmun-mohiyati, yangi normalarning ahamiyatini tushuntirishga bagʻishlangan uchrashuvlar oʻtkazdi.

15:15 19.04.2023
Inson huquq va erkinliklarini taʼminlashning eng muhim omili

Sudyalar oliy kengashi tomonidan Qarshi davlat universitetida “Odil sudlov tizimini demokratlashtirishning konstitutsiyaviy asoslarini takomillashtirish — inson huquq va erkinliklarini taʼminlashning eng muhim omili" mavzuida xalqaro davra suhbati tashkil etildi.

12:53 19.04.2023
Yangilanayotgan Konstitutsiyada taʼlim tizimiga oid 9 ta eng muhim yangilik belgilangan

Davlat uzluksiz taʼlim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlari rivojlanishini taʼminlaydi.

09:12 19.04.2023
Senat Raisi Surxondaryo viloyatida jamoatchilik vakillari, faollar va deputatlar bilan uchrashuvlar oʻtkazdi

T.Narbayeva tashrif davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, oilaviy bolalar uyida voyaga yetayotgan bolalar holidan xabar oldi.

23:43 18.04.2023
Mamlakatimiz taraqqiyoti yoʻlidagi tarixiy qadam

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri N. Ismoilov boshchiligidagi bir guruh deputatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida boʻlib, yangi tahrirdagi Bosh qomusimizning mohiyati, unga kiritilayotgan yangi normalarning ahamiyatini tushuntirishga bagʻishlangan tadbirlar va uchrashuvlar oʻtkazdi.

22:14 18.04.2023
Yangi Oʻzbekiston — yangilanayotgan Konstitutsiya

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudida “Konstitutsiyaviy islohotning mohiyati va ahamiyati: Yangi Oʻzbekiston — yangilanayotgan Konstitutsiya” mavzuidagi xalqaro anjuman doirasida tadbir tashkil etildi.

21:17 18.04.2023
Oʻzbekiston — Yevropa ittifoqi: hamkorlik yanada mustahkamlanadi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari Akmal Saidov Yevropa ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili Terxi Xakala va Yevropa ittifoqining inson huquqlari boʻyicha maxsus vakili Imon Gilmor bilan uchrashdi.

20:39 18.04.2023