Prezident bugun Sirdaryoga boradi

Davlatimiz rahbari viloyatdagi sanoat korxonalari faoliyati va mahallalardagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishadi.

10:10 04.12.2025
Prezident Olimpiadasining tantanali yopilish marosimi boʻlib oʻtdi

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning musobaqa gʻoliblari, sovrindorlari va barcha ishtirokchilariga tabrigini oʻqib eshittirdi.

22:48 03.12.2025
Oʻzbekiston Prezidenti Rossiya delegatsiyasini qabul qildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining birinchi oʻrinbosari Denis Manturov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

21:57 03.12.2025
Prezident Olimpiadasi o‘yinlarining g‘olib va sovrindorlari hamda barcha ishtirokchilariga

Avvalo, barchangizni Vatanimiz hayotida o‘chmas iz qoldirgan Prezident Olimpiadasi o‘yinlaridagi muvaffaqiyatli ishtirokingiz bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Albatta, saralash bosqichlarida 100 mingdan ziyod o‘g‘il-qizlarimiz orasida g‘olib va sovrindor bo‘lgan 3 ming nafarga yaqin sizdek eng kuchli va navqiron sportchilarimizning...

21:45 03.12.2025
Prezident kimyo sanoatini rivojlantirish rejalari taqdimoti bilan tanishdi

Sohada energiya tejamkor texnologiyalarni joriy qilish va raqamlashtirish orqali xarajatlarni keskin qisqartirish zarurligi koʻrsatib oʻtildi.

20:48 03.12.2025
Davlat idoralari va xalq oʻrtasidagi muloqot mexanizmlarini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga davlat idoralarining aholi bilan kommunikatsiyasi samaradorligini oshirishga qaratilgan ishlar yuzasidan axborot berildi.

19:50 03.12.2025
Shavkat Mirziyoyev Toshkentda transport boshqaruvini takomillashtirish va tirbandliklarning oldini olish choralariga doir taqdimot bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 3-dekabr kuni Toshkentda transport boshqaruvini takomillashtirish va tirbandliklarning oldini olish choralariga doir taqdimot bilan tanishdi.

17:51 03.12.2025
Gulistondagi portlash boʻyicha Hukumat komissiyasi tuzildi

Mazkur komissiyaga Bosh vazir oʻrinbosari Ochilboy Ramatov boshchilik qiladi.

17:16 03.12.2025
Jizzaxning o‘sish nuqtalari nimalarda namoyon bo‘lmoqda? Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu viloyatga tashrifidan fotoreportaj

Jizzaxning o‘sish nuqtalari nimalarda namoyon bo‘lmoqda? Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu viloyatga tashrifidan fotoreportaj.

21:27 02.12.2025
Jizzaxda xizmatlar sohasi iqtisodiy oʻsishning asosiy drayverlaridan biriga aylanmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax shahrida joylashgan “Koʻk saroy” savdo va xizmat koʻrsatish majmuasi faoliyati bilan ham tanishdi.

20:08 02.12.2025
Jizzax viloyati sessiyasida tashkiliy masala koʻrilib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha asosiy rejalar belgilab olindi

Xalq deputatlari Jizzax viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.

19:15 02.12.2025
Kartoshka yetishtiruvchilar uchun suv nasoslari elektr xarajatining yarmi toʻlab beriladi

Shuningdek, chetdan olib kelingan kartoshka ekish va yigʻib olish texnikalari bojxona bojlaridan ozod qilinadi.

18:06 02.12.2025
Jizzaxdagi yaylovlardan samarali foydalanish boʻyicha uch yillik dastur ishlab chiqiladi

Keyingi yildan yaylovlarda yer egalari yuqori daromadli ekinlar ekib, yerdan maqsadli foydalansa, ularga yer soligʻi 2 karra kamaytirib beriladi.

17:57 02.12.2025
Aydar-Arnasoy koʻligacha temir yoʻl olib kelinadi

Davlatimiz rahbari Arnasoy aeroportida katta samolyotlarni ham qabul qilish imkonini yaratish zarurligini qayd etdi.

17:49 02.12.2025
Jizzaxda 30 megavattli 150 ta kichik va mini GESlar ishga tushiriladi

Prezidentimiz bu ishlarni jadal davom ettirib, xitoylik hamkorlar bilan joriy yil 200 megavatt, keyingi yil 300 megavattli quvvatlar yaratilishini taʼkidladi.

17:35 02.12.2025
Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti yoʻlida hali koʻp ishlarni qilishimiz zarur — Prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtmoqda.

16:59 02.12.2025
Ulugʻbek Mustafoyev Jizzax viloyati hokimi etib tasdiqlandi

Prezidentimiz Jizzax viloyati hokimi lavozimiga hokim vazifasini bajarib kelayotgan Ulugʻbek Mustafoyev nomzodini ilgari surdi.

16:55 02.12.2025
Prezident ishtirokida Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boshlandi

“Biz oldimizga yuksak marralarni qoʻyib, Yangi Oʻzbekistonni barpo etish yoʻlida astoydil mehnat qilyapmiz, yangiliklar yaratyapmiz va natijalarga erishyapmiz”, dedi davlatimiz rahbari.

16:35 02.12.2025
Prezident Sharof Rashidov tumanidagi “Agromarkaz” qishloq xoʻjaligi korxonalari majmuasida boʻldi

Davlatimiz rahbari agromarkaz faoliyati bilan tanishdi, markaz faoliyatini yanada kengaytirish, mijozlar uchun xizmatlarni koʻpaytirish va qishloq xoʻjaligida qoʻshilgan qiymat yaratish boʻyicha tavsiyalarini berdi.

15:59 02.12.2025
Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyati koʻp tarmoqli tibbiyot markaziga tashrif buyurdi

Loyiha viloyatda tashkil etilayotgan tibbiyot klasterining dastlabki bosqichi hisoblanadi.

15:15 02.12.2025