“Qamchiq” dovonida “Isuzu” avtomobilida koʻp miqdorda pirotexnika vositalari olib ketilayotganligi aniqlandi

Holat tegishli tartibda rasmiylashtirilib, haydovchi va aniqlangan pirotexnika vositalari Bojxona boshqarmasining kontrabandaga qarshi kurashish boʻlimi xodimlariga topshirildi.

14:23 29.11.2022
2023-yilgi rektorlar forumini Oʻzbekistonda oʻtkazish taklif qilindi

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.Toshqulov Fransiya-Oʻzbekiston universitetlari II forumi doirasida “Campus France” agentligi xalqaro tashkilotining bosh direktori Donatiyen Issard xonim bilan uchrashuv oʻtkazdi.

13:40 29.11.2022
El suygan hofizlar ijodiy anʼanasini davom ettirib...

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan xalqimiz bebaho madaniy meroslaridan biri sanalgan milliy maqom sanʼatini yanada ravnaq toptirish borasida salmoqli ishlar olib borilmoqda.

12:48 29.11.2022
1287 nafar yigitlar 20 yoshida farzandli boʻlgan

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-oktyabr oylarida 1287 nafar yigitlar 20 yoshida farzandli boʻlgan.

12:37 29.11.2022
Fransiya Milliy fuqaro aviatsiyasi maktabi (ENAC) bilan hamkorlik kelishuvi imzolandi

Fransiya poytaxtida 500 ga yaqin rektorlar, ilmiy doira vakillari va professorlarni jamlagan “Campus France–2022» hamda Oʻzbekiston-Fransiya universitetlari II forumi boʻlib oʻtmoqda.

12:31 29.11.2022
Bojxona koʻrigi: hujjatlarda qayd etilmagan 1 mlrd. 633 mln. soʻmlik tibbiy texnika buyumlari

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Chuqursoy” TIF bojxona postida navbatdagi qonunbuzilish holatlari fosh etildi.

12:21 29.11.2022
“Toshkent tajribasi”: Poytaxtning aholi gavjum hududlarida 170 ta «mini-poliklinika» ish boshlaydi

Sogʻliqni saqlash vazirligi Toshkent shahar hokimligi bilan hamkorlikda tibbiyotni har bir xonadongacha yaqinlashtirish, aholi orasida sogʻlom turmush tarzi tamoyillarini shakllantirish, yurtdoshlarimizning jismoniy faolligini oshirishga qaratilgan loyihani ishlab chiqdi.

12:16 29.11.2022
Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tashkil etiladi

“Jinoyatlarni tergov qilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni (PF–257-son, 28.11.2022-y.) qabul qilindi

11:15 29.11.2022
Toshkentda haydovchilik guvohnomasi olib berishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

10:19 29.11.2022