Denov tumani Kengashining qarori qonunchilikka zid deb topilib, bekor qilindi. U yer maydonlarini tuman hokimligi zaxirasiga qaytarish bilan bogʻliq

Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga kelib tushgan murojaatlar asosida xalq deputatlari Denov tumani Kengashining 2020-yil 19-noyabrdagi “Tumanda shartnoma majburiyatlarini bajarmayotgan, yer ijara shartnomasiga qisman oʻzgartirish kiritilayotgan, yangidan tashkil qilinayotgan va qoʻshimcha yer maydoni olayotgan fermer xoʻjaliklarining faoliyatini koʻrib chiqish...

13:03 29.05.2021
“Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar toʻgʻrisida”gi Qonun maʼqullandi

Oliy Majlis Senatining oʻn beshinchi yalpi majlisi doirasida senatorlar “Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini koʻrib chiqdilar.

12:48 29.05.2021
Oʻzbekistonda ilk bor “Style” nomli urugʻsiz tarvuz yetishtirildi

Chiroqchi tumani Koʻkdala hududida uddaburon tarvuzchi dehqonlar tomonidan Respublikada birinchi boʻlib, “Style” nomli urugʻsiz tarvuz yetishtirildi! Mazkur urugʻsiz tarvuz tez orada Rossiyaga eksport qilinadi.

11:05 29.05.2021
Oʻzbekistonda koʻp qavatli uylarning 668 tasi avariya holatida, shundan 212 tasi yashashga yaroqsiz

Ayni paytda Prezidentimiz raisligida boʻlib oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida hududlarda ipoteka dasturlarini amalga oshirish, koʻp kvartirali uy-joylar massivlarini barpo etish, ularni infratuzilma bilan taʼminlash hamda xizmat koʻrsatish tizimini takomillashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama etilmoqda

18:57 28.05.2021
Spiker oʻrinbosari Jizzaxdagi tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan tanishdi

Kishi nimaniki orzu qilsa va shu yoʻlda astoydil harakat qilsa, albatta, maqsadiga erishadi. Bundan toʻrt-besh yil muqaddam gʻallaorolliklar oynai jahon orqali yurtimizning turli burchaklarida qad rostlagan zamonaviy korxonalarni, ularda mehnat qilayotgan xotin-qizlarni koʻrib, ularga havas qilishardi.

16:38 28.05.2021
Angor tumanida tadbirkorning mulkini oʻzlashtirgan fuqarolarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Angor tuman boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “G.» MCHJga qarashli 4 ta dorixonada sotuvchi vazifasida ishlagan fuqaro Sh.T. va boshqalar oʻzlarining moddiy javobgarligida boʻlgan 75,6 mln soʻmlik dori vositalarini...

15:38 28.05.2021
“Moʻynoqqa madad” velomarafon ishtirokchilari Samarqandda

Bugun “Moʻynoqqa madad” ekologik xayriya velomarafoni Samarqand viloyatida oʻtkazildi.

14:05 28.05.2021
TDIUda dolzarb mavzuga bagʻishlangan xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi

Yaqinda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Oʻzbekiston Respublikasi Harakatlar strategiyasi: makroiqtisodiy barqarorlik, investitsion faollik va innovatsion rivojlanish istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning yalpi majlisi boʻlib oʻtdi.

13:56 28.05.2021
Senatorlar Oʻzbekiston Respublikasida 2030-yilga qadar gender tenglikka erishish strategiyasini tasdiqladi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oʻn beshinchi yalpi majlisida Oʻzbekiston Respublikasida 2030-yilga qadar gender tenglikka erishish strategiyasi koʻrib chiqildi.

13:39 28.05.2021
Senator toʻqimachilik sanoatidagi tadbirkorlarga qiyinchilik tugʻdirgan Vazirlar Mahkamasining qarorini oʻrganish masalasini koʻtardi

Yalpi majlis davomida senatorlar toʻqimachilik sanoatida faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlar faoliyatida qiyinchiliklar tugʻdirgan Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida muvofiqligi tasdiqlanishi lozim boʻlgan muvofiqlikni baholash obyektlari roʻyxatlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi masalasini koʻtardilar.

13:33 28.05.2021
Issiqxonada qovun yetishtirishdan 60 million soʻm daromad 

Ariqboshi mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi Sharifjon Omonov “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida 35 million soʻm kredit olib, 6 sotix yerga issiqxona qurdi. Yaxshi niyat bilan 145 tup limon koʻchatlarini olib kelib oʻtqazdi. Koʻchat oralariga mart oyining boshlarida...

09:39 28.05.2021
Arosatda qolgan avlod

Istiqlol Oʻzbekiston hayotida misli koʻrilmagan bir davrni boshlab berdi. Shoʻro istibdodi oʻrnatgan va bir necha avlod uchun dasturilamal boʻlgan mafkura tuzum bilan birga mahv boʻldi...

19:52 27.05.2021
Kitob tumanida deputat va tadbirkorlar qanday takliflar bildirishdi?

Maʼlumki, joriy yilning oktyabr oyida muhim siyosiy jarayon — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylov boʻlib oʻtadi. Bu siyosiy kampaniyaga OʼzLiDeP Qashqadaryo viloyat, tuman va shahar Kengashlarida ham qizgʻin tayyorgarlik koʻrilmoqda. Partiya faollari, deputatlar partiyadan Prezidentlikka koʻrsatiladigan nomzodning saylovoldi dasturi loyihasini koʻrib...

18:00 27.05.2021
Ellik ming soʻmlik gʻurbat

Ellik ming soʻmlik gʻurbatni eshitganmisiz? Albatta, gʻam-qaygʻuning narxini baholash mushkul, biroq bu hayotning murakkabligi shundaki, unda quvonch va tashvishlar, oq va qora ranglar doim yonma-yon yuradi. Bundan 7 yil avval 50 ming soʻm kasriga qonlikoʻllik Shiyrinxan Taumuratovaning hayoti ham bir...

17:45 27.05.2021
“Andijon muzqaymogʻi” kimga tegishli ekanligi maʼlum qilindi. Mahsulot brend sifatida roʻyxatga olinmoqda

Tez suratlarda xalq orasida mashhur boʻlgan “Andijon muzqaymogʻi” mahsuloti Andijon viloyati, Andijon shahar, «Sharof Rashidov ” koʻchasi, 60-uyda istiqomat qiluvchi Madraximov Hikmatulloh Neʼmatullo oʻgʻliga tegishlidir. Bu haqda Intellektual mulk agentligi axborot xizmati maʼlum qildi.

17:08 27.05.2021
Oʻzbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 26-may kuni “Hyatt Regency” Tashkent mehmonxonasida tashkilotning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Bojxona qoʻmitasi, Davlat karantin qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi, “Oʻzbekiston Eksportchilari” uyushmasi vakillari ishtirok etdi.

12:55 27.05.2021
Germaniya banki Toshkent viloyati qishloq xoʻjaligida yoshlar bandligini taʼminlash loyihasini moliyalashtirmoqchi

Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov Xalqaro hamkorlik boʻyicha German Sparkassenstiftung tashkilotining Oʻzbekistondagi rahbari va uzoq muddatli eksperti Matxias Vangler bilan uchrashdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

12:42 27.05.2021
1-iyundan boshlab nimalar oʻzgaradi?

norma.uz portali 2021-yil 1-iyundan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etdi.

12:28 27.05.2021
Qoʻshkoʻpirdagi bunyodkorlik ishlari isteʼmolchilarni bezovta qilmayaptimi?

Keyingi yillarda mamlakatimizda keng koʻlamli bunyodkorlik va qurilish ishlari amalga oshirilmoqda. Respublika statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yil 1-may holatiga koʻra Oʻzbekistonda jami 42 ming 782 ta qurilish korxonasi faoliyat yuritmoqda. Bu oʻtgan yildagiga nisbatan 11 foizga koʻp.

11:57 27.05.2021