Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi vakillari Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida oʻtkazilayotgan xalqaro konferensiyada ishtirok etishmoqda

Konferensiya kun tartibiga muvofiq tadbir davomida raqobat siyosatidan tortib isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish mexanizmlarigacha boʻlgan asosiy masalalar va monopoliyaga qarshi kurashish hamda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish borasida fikr va tajriba almashish, shuningdek vakolatli organlar oʻrtasida hamkorlik oʻrnatish maqsad qilingan.

16:28 16.11.2022
Maʼmuriy sudlar vakolati jinoyat ishlari boʻyicha sudlarga oʻtkazilmoqda

Majlis yakunida Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasining tegishli qarorlari qabul qilindi.

16:33 14.11.2022
“Litsenziya” axborot tizimi orqali farmatsevtika faoliyati uchun litsenziya olish mumkin

Arizani koʻrib chiqish muddati umumiy tartibda — 15 ish kuni, tezlashtirilgan tartibda — 5 ish kuni.

11:19 14.11.2022
Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo davlatlarning tegishli tashkilotlari oʻrtasida raqamli inson resurslari tizimlari toʻgʻrisida anglashuv memorandumi imzolandi

Ishtirokchi davlatlardagi tashkilotlar Memorandum bilan inson resurslarini rivojlantirish hamda integratsiyalashgan raqamli tizimlar orqali isteʼdodlarni boshqarish jarayonlarini tashkil etishda hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashni maqsad qilgan.

17:45 11.11.2022
Davlat fuqarolik xizmati: shaffof va samarali

Mamlakatimizda kadrlarga oid davlat siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini takomillashtirish borasida keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda.

19:42 09.11.2022
Joriy yilda 43 ming nafardan ortiq davlat fuqarolik xizmatchisi malakasini oshirdi

Bu haqda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Axborot xizmati rahbari Sevara Zakirova ishtirokidagi brifingda maʼlum qilindi.

16:37 07.11.2022
Oʻzbekistonlik mutaxassislar aholiga davlat xizmatlari koʻrsatish boʻyicha Fransiya tajribasini oʻrganmoqda

Oʻzbekiston delegatsiyasining Parijga amaliy tashrifi doirasida Fransiya davlat xizmati milliy institutida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

23:18 05.11.2022
Fransiyaning kadrlar siyosati va davlat xizmati tizimi oʻrganilmoqda

Muloqotda davlat xizmati tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, boshqaruv kadrlarining malakasini oshirish jarayonlari, maʼmuriy islohotlarning oʻziga xos jihatlari yuzasidan Fransiya tajribasi oʻrganildi.

06:11 03.11.2022
Fors-major holatlarini tasdiqlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatiladi

Hukumat qarori (625-son, 28.10.2022-y. ) bilan Yengib boʻlmaydigan kuchlar (fors-major) holatlarini tasdiqlash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.

18:25 31.10.2022
«Oʻztemiryoʻlnazorat» inspeksiyasi xodimlari tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini cheklashga yoki toʻxtatishga sabab boʻlgan asossiz va noqonuniy harakatlar aniqlanmadi

Inspeksiyaning markaziy apparatiga 3 nafar boshqaruv xodimi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamkorligida eʼlon qilingan mustaqil, ochiq tanlov asosida ishga qabul qilindi.

18:58 28.10.2022