Aholiga koʻrsatilayotgan gematologiya xizmati holati qanday?

Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasi doirasida aholiga qulay va sifatli birlamchi tibbiy-sanitariya, tez tibbiy yordam hamda ixtisoslashtirilgan yordam koʻrsatishda qator ishlar amalga oshirilmoqda.

21:15 07.07.2021
“Ijtimoiy tadbirkorlik toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi nega yalpi majlisda oʻtmadi? — deputatlar munosabat bildirdi

Xalq demokratik partiyasi va “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyalarining jiddiy eʼtirozlari sabab “Ijtimoiy tadbirkorlik toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi Qonunchilik palatasining kuni kecha boʻlib oʻtgan yalpi majlisi muhokamalaridan oʻtmadi va qayta ishlash uchun masʼul qoʻmitaga ravona boʻldi.

19:02 07.07.2021
200 nafar iqtidorli talaba yoshlar Prezident stipendiyasi olishga musharraf boʻladi

Davlatimiz rahbari kuni kecha muhim bir tarixiy hujjat — “Respublika oliy taʼlim muassasalariga talabalikka qabul qilingan iqtidorli yoshlarni yana-da qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi.

16:37 07.07.2021
Davlat ishtirokidagi korxonalar soni 2021-yilda 30 foiz, 2023-yilda 65 foiz va 2025-yilda 75 foizga qisqartiriladi

Bu haqda kecha, 2-iyul kuni Davlat aktivlarini boshqarish agentligida Oliy Majlis Senati Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi tomonidan «Demonopalizatsiya va davlat mulkini xususiylashtirish masalalari» mavzusida oʻtkazilgan davra suhbatida aytib oʻtildi.

01:15 03.07.2021
Tashqarida kamida 40 daraja issiq — deputat tonirovkani pullik qilishni oʻylab topgan hurmatli rahbarlarga taklif bilan chiqdi

"Tashqarida kamida 40 daraja issiq. Tabiiyki, bunday issiqda fuqarolarning iqtisodiy faolligi va mehnat samaradorligi pasayadi. Kunduzi issiqdan jon saqlab, kechki salqinda koʻchaga chiqay desang, karantin cheklovlari sabab soat 20:00dan keyin deyarli barcha xizmat koʻrsatish shoxobchalari faoliyati ham toʻxtatilyapti.

13:13 02.07.2021
Toshkentda ochilayotgan Rossiya tibbiyot universiteti filiali talabalarining 40 foizgacha boʻlgan qismi davlat granti asosida tahsil oladi

Qayd etilishicha, Prezidentimizning “N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarorida qabul parametrlari, mazkur oliy taʼlim muassasasi bitiruvchilarini ish bilan taʼminlash boʻyicha bir qator vazifalar belgilangan.

12:24 02.07.2021
Aliya Yunusova: Bolalar oilalarga tegishli, “Mehribonlik” uylariga emas

Ombudsman oʻrinbosari bu haqida yaqinda «Har bir bola oilaviy muhitda tarbiyalanishini taʼminlash maqsadida noinstitutsionallashtirish Milliy strategiyasini yaratishning dolzarb masalalari» mavzusida Oliy Majlis Senati, YUNISEF va qator hamkor tashkilotlar tomonidan oʻtkazilgan noinstitutsionllashtirishni tezlashtirish boʻyicha birinchi xalqaro konferensiyada aytib oʻtdi.

07:22 02.07.2021
Xususiylashtirish sohasidagi ishlar natijadorligi koʻrib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 1-iyul kuni davlat aktivlarini xususiylashtirish sohasidagi ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

22:06 01.07.2021
Deputat obodonlashtirish boʻlinmalari xodimlarining ish haqini oshirishni taklif qilmoqda

«Zahmatkash, oʻz kasbining fidoyi insonlari boʻlmish obodonlashtirish tashkilotlari xodimlari tomonidan yilning toʻrt faslida ozodalikni saqlash borasida olib borilayotgan ishlar shahar va qishloqlarimiz koʻrkiga-koʻrk qoʻshib, barchaning koʻngliga iliqlik ulashmoqda.

17:52 01.07.2021
Yoshlarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratiladi

Prezidentimiz Yoshlar kuniga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqida kadrlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va tarbiyalashga qaratilgan siyosatimizni qatʼiy davom ettiramiz, deb taʼkidladi.

16:49 01.07.2021
FAO Barqaror Rivojlanish Maqsadlariga erishishda Oʻzbekistonning salohiyatini oshirmoqda

Yaqinda Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar tizimi (AKIS) milliy markazida FAO va Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Barqaror Rivojlanish Maqsadlarini amalga oshirish va ularni monitoring qilishda milliy salohiyatni mustahkamlash” loyihasining yakunlanishiga bagʻishlangan davra suhbati oʻtkazildi. 

16:45 01.07.2021
Oʻzbekiston yoshlar siyosatida dunyoga namuna boʻlmoqda

Har qanday mamlakatning kelajagi yosh avlodning komil tarbiyasi va izchil taraqqiyoti bilan chambarchas bogʻliq. Barcha rivojlangan davlat va jamiyatlarda yoshlar siyosati davlat taraqqiyotining davomiyligini taʼminlovchi asosiy kuch boʻlib xizmat qilgan. Shu bois, Oʻzbekistonda ham yoshlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish,...

16:36 01.07.2021
1-iyuldan nimalar oʻzgardi?

Ushbu savolga “Huquqiy axborot” kanali quyidagicha javob berdi.

09:53 01.07.2021
Prezident Yoshlar va talabalar forumida ishtirok etdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-iyun kuni Oʻzbekiston yoshlari va talabalari forumiga tashrif buyurdi.

22:12 30.06.2021
Oʻzbekistonda 2021/2022-oʻquv yilidan boshlab taʼlim krediti 7 yil muddatga 14 foiz stavka bilan beriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston yoshlar va talabalar forumida ishtirok etayotgani haqida xabar bergan edik

21:20 30.06.2021
Respublika iqtidorli yoshlar oromgohi tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston yoshlar va talabalar forumida ishtirok etayotgani haqida xabar bergan edik.

21:07 30.06.2021
Milliy parlamentimiz taraqqiyot yoʻlidan dadil odimlamoqda

Maʼlumki, 2018-yil 22-mayda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh Assambleyasining sessiyasida 30-iyunni “Xalqaro parlamentarizm kuni” sifatida belgilash toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Ana shundan buyon butun dunyoda ushbu bayram keng nishonlab kelinmoqda. Bu sana parlament tizimining jamiyat hayotida tutgan oʻrni va uning...

16:12 30.06.2021
Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (400-son, 29.06.2021-y.) bilan “Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

15:25 30.06.2021
Oʻzbekistondagi ayrim davlat tashkilotlarida mingdan ziyod shtat birliklari qisqartiriladi

“Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat koʻrsatish faoliyatini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

02:59 30.06.2021
Farzandlikka olish tartibining huquqiy asoslari takomillashtirilmoqda

Keyingi yillarda mamlakatimizda ommaviy axborot vositalari sohasida tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Natijada barcha darajadagi boshqaruv idoralari rahbarlari OAV vakillari, jurnalistlar bilan muntazam uchrashib, jamiyat hayotiga daxldor muhim masalalarni erkin muloqot asosida keng muhokama etib kelmoqda.

18:09 28.06.2021