Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari bilan onlayn muloqot oʻtkazildi

05:08 13 Aprel 2021 Jamiyat
488 0

Yaqinda Oliy Majlis Senati Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi bilan hamkorlikda joriy yilning Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari ishtirokida “Islohotlar va yurt taraqqiyotiga mening hissam” mavzusida onlayn muloqot oʻtkazildi.

Taʼkidlanganidek, yurtimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning turli sohalarda imkoniyatlarini roʻyobga chiqarishi uchun barcha sharoitlar yaratilib, munosib ragʻbatlantirilmoqda.

Bugungi kunda aʼlo xulqi, noyob isteʼdodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, oʻqish va mehnat faoliyatidagi muvaffaqiyatlari hamda taʼlim, fan, adabiyot, sanʼat, sport sohalarida va jamoatchilik faoliyatida alohida yutuqlari uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlangan xotin-qizlar soni 367 nafarni tashkil etmoqda.

Sovrindorlarning 3 nafari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, 90 nafari turli vazirlik, idora va tashkilotlarda, 2 nafari hokimiyat tizimida, 70 nafardan ziyod sovrindorlar esa taʼlim tizimida faoliyat koʻrsatmoqda.

Tadbirda qizlarning zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashiga yordam berish, mustaqil hayotga tayyorlash, ijtimoiy faolligi va maʼnaviyatini oshirish, eʼtiborga muhtoj qizlar bilan manzilli ish olib borishda sovrindor qizlarning salohiyatidan keng foydalanish, ularni davlat va jamiyat hayotida faol ishtirokini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratish, bu borada qizlarning oʻzlari ham doimo tashabbuskor boʻlishlari haqida taklif va mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, Oliy Majlis Senati Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi tomonidan Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi bilan birgalikda kelgusida sovrindor xotin-qizlar tomonidan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ular bilan maqsadli, tizimli ishlarni tashkil etish, ehtiyojmand oila qizlariga motivatsiya berish, koʻmaklashish boʻyicha hududlarda ijobiy ish tajribalarini ommalashtirish boʻyicha hamkorlikda ish olib borishga kelishib olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?