Zominda umumxalq marafoni oʻtkazildi

23:36 12 Oktyabr 2021 Jamiyat
231 0

Yurtimizning maftunkor va bahavo manzillaridan biri - Zominda ming nafardan ziyod tuman aholisi va qoʻshni viloyatlardan tashrif buyurgan sayyohlarni qamrab olgan “Save Aral-2021” umumxalq marafoni boʻlib oʻtdi.

Erta tongda boshlangan marafonning asosiy maqsadi aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, sportni yanada ommalashtirishdan iborat.

– Marafonni “Orolni asrash” deya nomlanishining ham oʻz ramziy maʼnosi bor, - deydi Aholining sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi Jizzax viloyat boʻlimi boshligʻi Abdugʻulom Normatov. – Zominning purviqor togʻlaridagi zilol buloqlar suvi pastga oqib tushganidek, yurtimizning togʻli hududida, toza havoda boshlangan marafon qadamma-qadam, tumanma-tuman davom etib, Orolboʻyida nihoyasiga yetadi. Qolaversa, bu tadbir Orolni asrash muammolariga yana bir bor barchaning diqqatini tortib, daxldorlik hissini uygʻotishga xizmat qiladi.

Marafonda gʻolib boʻlganlar qatorida eng yosh, eng keksa, eng chaqqon ishtirokchilar tegishli nominatsiya boʻyicha taqdirlandi.

Tolibjon ERGASHEV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?