Zomin bagʻrida inklyuzivlik bayrami: “VoiceUp-2026” oromgohi oʻz ishini boshladi
Purviqor togʻlar bagʻridagi Zomin tumanida yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish va inklyuziv muhitni mustahkamlashga qaratilgan “VoiceUp-2026” oromgohining viloyat bosqichiga start berildi.
Mazkur loyiha nafaqat viloyat yoshlarini birlashtirish, balki imkoniyati cheklangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj yigit-qizlarning jamiyatdagi oʻrnini mustahkamlash yoʻlidagi muhim qadam boʻldiyu Oromgohning ochilishi marosimi koʻtarinki ruhda, samimiy muloqotlarga boy tarzda oʻtdi.
Tadbirning ilk kunida Zomin tumani hokimi va Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi boshligʻi ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. Rahbarlar har bir yoshni va ularni qiynayotgan muammolarni, takliflarni tinglab, ularni amaliyotga tatbiq etish boʻyicha fikr almashdilar.

500 nafar ishtirokchilardan saralab olingan 50 nafar yoshlar oʻz-oʻziga boʻlgan ishonchni oshirish va maqsad sari intilish, ijtimoiy loyihalarni boshqarish va yetakchilik qobiliyati, jamoada ishlash va murakkab vaziyatlarda birdamlikni taʼminlash koʻnikmalari yoʻnalishlarida mashgʻulotlar oʻtkazmoqda.
Mazkur oromgoh yoshlarni iqtidorini yuzaga chiqarish bilan birga, ularda oʻzaro mehr-oqibat va inklyuziv fikrlash madaniyatini shakllantirish xizmat qiladi. “VoiceUp-2026” – bu shunchaki oromgoh emas, bu kelajak yetakchilarini tarbiyalaydigan muhim ijtimoiy platformadir.
Tolibjon ERGASHEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Berlinda Navroʻz: Yangi Oʻzbekiston madaniyatining jahon sahnasidagi munosib taqdimoti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring