Zoyir Mirzayev Toshkent viloyatining hokimi etib tasdiqlandi

15:26 22 Sentyabr 2022 Siyosat
610 0

Foto: Arxiv surat

Nurafshon shahrida Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi sessiyasi boʻlib oʻtdi. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Taqdimotdan soʻng viloyat kengashi deputatlari nomzodning taklif va rejalarini muhokama qildi, oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi.

Soʻng Toshkent viloyati hokimini tayinlash masalasi ovozga qoʻyildi. Ovozga qoʻyish natijalariga koʻra, Zoyir Mirzayev Toshkent viloyatining hokimi etib tasdiqlandi.

Sessiya yakunida Prezidentimiz xalq vakillari tomonidan yuksak ishonch bildirilgan Zoyir Mirzayev endi oʻz faoliyatida adolat, sadoqat, halollik, masʼuliyat, fidoyilik kabi xislatlarni namoyon etib, Toshkent viloyati ahliga astoydil xizmat qilishi lozimligini taʼkidladi.

Bunda, eng avvalo, xalqning dardini eshitish va muammolarini hal etish, inson qadrini ulugʻlash va aholi uchun munosib turmush sharoitini yaratish boʻyicha ishlarni amalga oshirishi zarurligi qayd etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?