Zoyir Mirzayev Paralimpiyada kumush medal sohibasi Asila Mirzayorova ota-onasiga minnatdorlik bildirdi
Ota-ona uchun farzandi keltirgan sharafdan koʻra ulugʻroq baxt yoʻq. Asila Mirzayorova Tokio-2020 Paralimpiya oʻyinlarida uzunlikka sakrashda kumush medalni qoʻlga kiritganida ota-onasining koʻzlarida sevinch yoshlari yiltiragani aniq. Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Asilaning ota-onasini sharaflashga bagʻishlagan tadbirga taklif etganida esa ular shunday farzandi borligidan dunyolarga sigʻmay ketishdi.
-Bunday sharafga muyassar boʻlishning oʻzi katta baxt,- dedi Zoyir Mirzayev. – farzandni irodali , oʻz kuchiga ishonadigan, eng muhimi esa yurtga sadoqatli boʻlib voyaga yetishida ota-onaning hissi katta. Shuning uchun qashqadaryoliklar nomidan sizlarga cheksiz tashakkurimni izhor etaman.
Sportchi qiz ota-onasiga viloyat hokimligi nomidan sovgʻa salomlar hadya qilindi.
Faxriddin Bozorov,
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring