Zoir Mirzayev xodimlarini ragʻbatlantirish uchun byudjetdan qariyb 3 mlrd soʻm ajratdi

00:36 28 Iyul 2024 Jamiyat
887 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Zoir Mirzayev xodimlarini ragʻbatlantirish uchun viloyat byudjetidan 3 mlrd soʻmga yaqin pul ajratgani haqidagi xabarlar muhokamalarga sabab boʻldi. Viloyat hokimligi mazkur xabarlar yuzasidan munosabat bildirdi.

Unga koʻra, mazkur mablagʻlar hokimlikning 144 nafar apparat va xizmat koʻrsatuvchi xodimlariga, Xalq deputatlari viloyat kengashi kotibiyati hamda «Yangi ish oʻrinlarini tashkil etishni ragʻbatlantirish hududiy jamgʻarmasi» xodimlariga joriy yilning 2-yarim yillik ish haqlariga teng muvofiqlikda ajratilgan ragʻbatlantirish mablagʻlari hisoblanadi.

Xodimlarni ragʻbatlantirish mezonlari mavjud boʻlib, har oyda xodimlarning faoliyat samaradorligi 7 ta yoʻnalishda baholanadi, bunda ijro va mehnat intizomi inobatga olinadi. Ajratilgan mablagʻlar davlat rahbarining tegishli topshiriqlariga asoslanib, respublikada davlat boshqaruv organi xodimlarining ish haqlari muvofiqlashtirilguniga qadar toʻlanishi nazarda tutilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?