Ziyovuddin shaharchasida velosipedda yuruvchilar uchun alohida veloyoʻlaklar qilinmoqda

Samarqand viloyati Paxtachi tumanida markaziy va ichki yoʻllarni taʼmirlash masalasida katta oʻzgarishlar amalga oshirildi. Qariyb 30-40 yillab taʼmirlanmagan koʻchalar ham asfaltlandi.
Tumandagi M-37 avtomobil yoʻlidan tuman markazi - Ziyovuddin shaharchasiga kirish va chiqish yoʻllari hisoblangan Mustaqillik va Amir Temur koʻchasi hamda shaharcha markazidagi Istiqlol, Mirzo Ulugʻbek koʻchalari boʻylab YTHning oldini olish maqsadida yoʻl chiziqlarini yangilash ishlari boshlandi.
Yoʻl harakati ishtirokchilari uchun yana-da qulaylik va shart-sharoitlar yaratishni rejalashtirgan tuman hokimligi, tuman yoʻllardan foydalanish unitar korxonasi, IIB YHXB xodimlari va boshqa masʼul tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan mazkur vazifaning birinchi kuni 8 km.lik masofaga yoʻl chiziqlari tortish bilan yakunlandi.
Bundan tashqari, aholi xavfsizligi yoʻlida yana bir xayrli ishga qoʻl urilib, Ziyovuddin shaharchasi boʻylab eni 1 metr kenglikda boʻlgan velosiped haydovchilar uchun maxsus yoʻlaklar tashkil etilmoqda.
M.Pirnafasova
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring