Ziroat Mirziyoyeva Qoraqalpogʻistonda ochilgan “Mehrli maktab”da yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi
Qoraqalpogʻiston tibbiyot instituti klinikasida gospital turdagi “Mehrli maktab” filiali ochildi.
“Mehrli maktab”ga tashrif chogʻida Ziroat Mirziyoyeva bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, bolalar bilan samimiy suhbatlashib, pedagoglar va ota-onalarga dalda soʻzlarini izhor etdi.
“Mehrli maktab” – taʼlimdan, kim qanday vaziyatga tushib qolganidan qatʼi nazar, barcha bahramand boʻlishi mumkinligiga yorqin misol. Bu yerda uzoq vaqt davomida davolanayotgan hamda oddiy maktab yoki bogʻchaga qatnash imkoniyati boʻlmagan bolalar bilim olmoqda va tarbiyalanmoqda. Ular reabilitatsiya jarayonidan ham shu yerning oʻzida ota-onalari ishtirokida oʻtadilar.
Yil yakuniga qadar “Mehrli maktab” filiallari Andijon va Fargʻonada ochiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring