Jurnalist va blogerlar oʻrtasida ilk bor oʻtkazilgan harbiylashgan musobaqadan fotojamlanma

Foto: Hasan Paydoyev, "Xalq so'zi"
Markaziy harbiy okrugi qoʻmondonligi tashabbusi bilan “Forishʼʼ togʻ poligonida respublikaning turli nashrlarida faoliyat olib borayotgan jurnalist va blogerlar oʻrtasida oʻziga xos musobaqa va press-tur tashkil etildi.
“Forishʼʼ togʻ poligoniga yetib borgan ishtirokchilar dastlab harbiy-jangovar texnikalarda otish maydoni tomon yoʻl oldi. Mudofaa vazirligi miqyosida birinchi marta oʻtkazilayotgan ushbu musobaqa shartlariga koʻra, jurnalist va blogerlar poligonda oʻq otish mashqlarini bajardi. Har bir ishtirokchi merganlik qobiliyatini sinovdan oʻtkazdi. Shuningdek, musobaqa ishtirokchilari jangovar texnikalardagi ekipaj tarkibida 10 km masofaga harakatlandi.
Shundan soʻng ishtirokchilar harbiy texnikalar va qurol-aslahalar koʻrgazmasida ishtirok etib, bugun harbiylarimiz foydalanayotgan texnikalar boʻyicha maʼlumotga ega boʻlishdi. Harbiylarning yashash tarzi va yaratilgan sharoitlar bilan tanishgan ishtirokchilarga Vatanimiz posbonlarining jangovar tayyorgarligi boʻyicha koʻrgazmali chiqishlar ham namoyish etildi.
Yakunda Markaziy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni polkovnik Oybek Saidov bilan davra suhbati tashkil etildi. Pistoletdan otish boʻyicha eng yuqori natija koʻrsatgan ikki qatnashchiga qoʻmondonning maxsus sovgʻasi topshirildi. Musobaqaning barcha ishtirokchilariga esdalik uchun harbiy anjomlar sovgʻa qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hanjouda Osiyo o‘yinlariga start berildi. Ochilish marosimidan fotoreportaj
- Senatning qirq beshinchi yalpi majlisi 29-sentabr kuni chaqiriladi
- Chustda bogʻcha tarbiyalanuvchilari doridan zaharlanganmidi yoki... Vaziyatga aniqlik kiritilmoqda
- Osiyo o‘yinlarining birinchi kunini O‘zbekiston 4ta medal bilan boshladi. Fotoreportaj
- Hanjou-2022: Futbol boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi yarim finalda!
- Shavkat Mirziyoyev Italiya sobiq prezidenti vafoti munosabati bilan taʼziya yoʻlladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring