Jurnalist Gʻarb yetakchilari uchun dahshatli xabar haqida maʼlum qildi
Foto: Reuters
Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning agar Donald Tramp AQSH prezidentligi saylovida gʻalaba qozonsa, darhol Ukraina mojarosini tinch yoʻl bilan hal etish tarafdori boʻlishi mumkinligi haqidagi bayonoti Gʻarb yetakchilari uchun yomon yangilik hisoblanadi. Bu fikrlarni irlandiyalik jurnalist Chey Bouz aytib oʻtdi.
«Ukrainadagi falokatdan ichki muvaffaqiyatsizliklarini chalgʻitish uchun foydalanayotgan Yevropa Ittifoqi va AQSH uchun bu yanada dahshatli yangilik», deydi jurnalist.
Orban Tramp bilan muzokaralardan soʻng Yevropa Kengashi rahbari Sharl Mishelga yoʻllagan maktubida, agar Tramp prezidentlikka saylansa, darhol Ukrainadagi inqirozni tinch yoʻl bilan hal qilish uchun vositachi boʻlishini tan olganini qayd etgan.
Respublikachilar partiyasidan vitse-prezidentlikka nomzod Jeyms Devid Vens ham «Fox News» telekanaliga bergan intervyusida Tramp saylovda gʻalaba qozonsa, mojaroga barham berish uchun Rossiya va Ukraina bilan muzokaralar olib borishini aytib oʻtdi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin koʻp bora Moskva vositachilarning saʼy-harakatlarini umuman olqishlashini, biroq Ukrainadagi mojaroni faqat ikki tomon orqali tugatish mumkinligi taʼkidlab keladi. Unga koʻra, hech bir vositachiga Moskva va Kiyev oʻrtasidagi yakuniy hujjatlarni imzolash vakolati berilmaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring