Juma namozlarini masjidlarning ichkarisida oʻqishga ruxsat berildi

12:22 20 Sentyabr 2021 Jamiyat
468 0

Arxiv surat

Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yigʻilishida mamlakatimizda karantin talablarini qisqartirish orqali aholiga madaniy va maʼnaviy hordiq chiqarish hamda dam olishlarini mazmunli oʻtkazish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalasi atroflicha muhokama qilindi. 

Sogʻliqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabariga koʻra, Respublika maxsus komissiyasining majlisida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi hamda Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning 2021-yil 24-sentyabrdan eʼtiboran juma namozi va boshqa namozlarni masjidlarning faqat ochiq sahnalarida ado etilishiga oid cheklovni bekor qilish toʻgʻrisidagi taklifi koʻrib chiqildi hamda maʼqullandi.

 

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?