JSST sogʻlom bolalar va oʻsmirlarni “COVID-19”ga qarshi emlamaslikni taklif qildi

Illyustrativ foto
Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Emlash boʻyicha strategik maslahat guruhi sogʻlom bolalar va oʻsmirlar “COVID-19”ga vaksinaning kuchaytiruvchi dozalariga muhtoj emasligini va buning oʻrniga yuqori xavf guruhidagi odamlar emlanishi kerakligini taklif qildi.
Mutaxassislarga koʻra, sogʻlom bolalar va oʻsmirlarni koronavirusga qarshi emlashning sogʻliqni saqlash tizimiga foydasi rotavirus, qizamiq va pnevmokokka qarshi vaksinalarga qaraganda ancha past.
Hisobot mualliflari, shuningdek, “COVID-19” vaksinasining kuchaytiruvchi dozalari birinchi navbatda yuqori xavf guruhidagilar — keksalar, immuniteti past insonlar, tibbiyot xodimlari va homilador ayollarga berilishi kerakligini taʼkidlashmoqda. Qayd etilishicha, kuchaytiruvchi dozalar orasidagi optimal davr 6-12 oy boʻlishi lozim.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- JSST yangi halokatli pandemiyaga tayyorlanishga chaqirdi
- O‘zbekiston Prezidenti va Singapur Prezidenti muzokara o‘tkazdilar
- 2024 yildan yangi uy sotib olganlarga QQSning yarmi qaytarib beriladi
- Shavkat Mirziyoyevning Chilonzor tumaniga tashrifidan fotoreportaj
- Gender tenglikni taʼminlash va munosib mehnat sharoitlarini yaratish boʻyicha Oʻzbekiston tajribasi xalqaro standartlar asosida takomillashtiriladi
- O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan muhim tashabbuslarni ilgari surdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring