JSST rahbari Eritreya armiyasining harbiy jinoyatlari haqida gapirdi

23:59 15 Dekabr 2022 Dunyo
1167 0

Foto: Reuters

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) rahbari Tedros Gebreyesus Jenevada boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida Eritreya qoʻshinlari Efiopiyaning Tigray chegara hududida 50 dan ortiq odamni oʻldirgani haqida aytib oʻtdi. Uning soʻzlaridan “The New York Times” nashri iqtibos keltirmoqda

Gebreyesusning soʻzlariga koʻra, uning togʻasi ham Efiopiya qishlogʻiga qilingan hujumda halok boʻlgan. 

“Men onam bilan gaplashdim va u juda xafa boʻldi. Chunki u ularning oilasida eng kichigi edi”, deydi Gebreyesus va bu ahmoqlik tugashiga umid qilishini qoʻshimcha qildi. Bu oʻrinda u bir tomondan Tigray avtonom viloyati va boshqa tomondan Efiopiya va Eritreya kuchlari oʻrtasidagi urushga ishora qildi.

“The New York Times” gazetasining aniqlik kiritishicha, noyabr oyida Efiopiya hukumati va Tigray rahbariyati harbiy harakatlarni toʻxtatish boʻyicha kelishuvga erishgan. Biroq kelishuv Eritreyaga taalluqli emas. Qayd etilishicha, ushbu qurolli toʻqnashuvlar davomida harbiy jinoyatlar avval ham sodir boʻlgan.

24-may kuni Gebreyesus Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti rahbari etib ikkinchi muddatga qayta saylandi. U bu lavozimda 2017-yildan beri ishlab kelmoqda. U JSSTni Afrika mintaqasidan boshqargan birinchi vakil hisoblanadi.

Gebreyesus Eritreyada tugʻilgan. JSST bosh kotibi lavozimini egallashdan oldin u Efiopiya bosh vaziri maslahatchisi (2016-yildan), 2012-yildan 2016-yilgacha tashqi ishlar vaziri, 2005-yildan 2012-yilgacha esa mamlakat sogʻliqni saqlash vaziri boʻlgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер