JSST: Oʻtgan haftada maymun chechagiga chalinish holatlari 21 foizga kamaydi

Foto: Illustrativ foto
Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining soʻnggi hisobotiga koʻra, oʻtgan haftada dunyo boʻyicha maymun chechagini yuqtirganlar safiga yana 5907 nafar bemor qoʻshildi.
Oqibatda aprel oyidan shu kungacha mazkur xavfli infeksiya aniqlangan mamlakatlar soni 98 taga yetdi. Kasallikdan aziyat chekayotgan bemorlar soni esa 45 ming nafardan oshdi.
Xususan, yangi epidemiya oʻtgan haftada Eron va Indoneziya davlatlariga ham kirib borgan. Shunga qaramay, 15-21-avgust sanalarida maymun chechagi bilan xastalanish holatlari undan avvalgi haftaga nisbatan 21 foizga kamaydi.
Tahlillarga koʻra, infeksiyani yuqtirganlarning 98 foizdan ortigʻi erkaklar boʻlib, ularning oʻrtacha yoshi 36 ga teng. Jami bemorlarning 60 foizi AQSHda, 38 foizi Yevropa mamlakatlarida roʻyxatga olingan.
Haftalik oʻsish dinamikasi asosan Afrika davlatlari, xususan, Nigeriya va Kongo aholisi hissasiga toʻgʻri kelmoqda. 15-21-avgust kunlari mazkur qitʼada 219 nafar bemor kasallikka chalingani maʼlum boʻldi. Bu 8-14-avgust sanalariga qiyoslaganda 54 foiz yuqori koʻrsatkichdir.
Shundan kelib chiqib, JSST birinchi navbatda xavf guruhiga mansub aholi qatlami hamda tibbiyot xodimlari chechakka qarshi emlanishi zarur, degan xulosada.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring